26.11.2024 13:21

Oʻzbekiston ravvinning oʻldirilgani boʻyicha tergovda BAA va Isroil bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda — TIV


Oʻzbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov Isroil elchisi Gideon Lustigga ravvin Tsvi Kogan vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi. Saidov Oʻzbekiston tergovda har BAA va Isroil rasmiylari bilan hamkorlik qilayotganini bildirdi.

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Isroilning Toshkentdagi elchisi Gideon Lustig bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, uchrashuvda vazir elchiga ravvin Tsvi Koganning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirgan.

«Oʻzbekiston xalqi barcha din va elat vakillariga azaldan doʻstona munosabatda boʻlib kelgan. Biz millatchilikning hech qanday koʻrinishiga toqat qilmaganmiz va bundan keyin ham toqat qilmaymiz. Terrorizm va ekstremizmning chegarasi va millati yoʻq», — deya qayd etdi Baxtiyor Saidov.

Uning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston hukumati tergov jarayonlarida BAA va Isroil idoralari bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, 28 yoshli ravvin Tsvi Kogan 21 noyabrʻ kuni Dubayda bedarak yoʻqolgan, keyinroq oʻlik holda topilgan edi

BAA Ichki ishlar vazirligi uch nafar Oʻzbekiston fuqarosini ushbu jinoyatda gumonlab qoʻlga oldi. Ularningikki nafari 28, biri 33 yoshda.

Mavzuga aloqador