08.05.2025 09:10
30

Oʻzbekiston Hindiston va Pokistonni vazminlikka chaqirdi

Oʻzbekiston Hindiston va Pokistonni vazminlik koʻrsatishga va vaziyatning yanada yomonlashishiga yoʻl qoʻymaslik uchun diplomatik muloqotga ustuvorlik berishga chaqirdi.

Oʻzbekiston Hindiston va Pokiston oʻrtasidagi ziddiyatning kuchayishi bilan bogʻliq voqealarni xavotir bilan kuzatmoqda, deb xabar qildi chorshanba kuni TIV.

«Ikkala tomonni vazminlik koʻrsatishga, tinchlik va barqarorlik manfaatlari asosida harakat qilishga, vaziyatning yanada yomonlashishining oldini olish uchun diplomatik muloqotga ustuvor ahamiyat berishga chaqiramiz», — deyiladi bayonotda.

«Oʻzbekiston vaziyatni deeskalatsiya qilish va tinch yoʻl bilan hal qilishga qaratilgan har qanday xalqaro yoki mintaqaviy harakatlarni qoʻllab-quvvatlashga tayyor», — taъkidlanadi bayonotda

Mavzuga aloqador