24.06.2025 07:31
139
Oʻzbekiston fuqarolarining Rossiya armiyasi safida urushda qatnashishi qonuniylashtirildimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda goʻyo Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboeva Oʻzbekiston fuqarolarining maxsus harbiy operatsiyada ishtiroki qonuniyligini aytgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Senat matbuot xizmati izoh berdi.
Maъlum qilinishicha, bu kabi xabarlar mutlaqo asossiz, hech qanday haqiqatga toʻgʻri kelmaydi. Mahalliy portalda ham bunday mazmunda hech qanday maqola mavjud emas.
Qayd etilishicha, Senat raisi Tanzila Norboeva bu borada biron-bir ommaviy axborot vositasi yoki platformaga intervьyu bermagan.
Senatga koʻra, mazkur yolgʻon xabar faktlar bilan tasdiqlanmagan, fuqarolar orasida chalgʻituvchi maъlumot tarqatishga qaratilgan boʻlib, aholi ongida notoʻgʻri tasavvur hosil qilishga harakat deb hisoblanadi.
Senat jamoatchilikni bunday yolgʻon va chalgʻituvchi xabarlarga ishonmaslikka, faqat rasmiy axborot manbalariga tayangan holda xulosa qilishga chaqirgan.