17.02.2025 11:50
355

Ozarbayjon maktab darsliklarida bosqinchi isroil ijobiy talqin qilindi



Ozarbayjon hukumati maktab darsliklariga isroil ishgʻolini ijobiy talqin qilgan birinchi musulmon davlati boʻldi. Oʻquv adabiyotlaridan bosib olingan Falastin xaritalari va Yosir Arofat haqidagi maъlumotlar olib tashlandi. Shuningdek, Falastin qarshilik harakatlari "terrorchilar" sifatida talqin qilindi.

Bundan tashqari, ozar yoshlariga Isroilning texnologik taraqqiyoti va qishloq xoʻjaligidagi innovatsiyalari xalqaro hamkorlikning namunasi sifatida taqdim etilmoqda. Darsliklarga Xolokost haqidagi maъlumotlar va antisemitizm taъrifi ham kiritilgan.

Bu oʻzgarishlar ortida ishgʻolchilar tomonidan falastinliklarga qarshi oshkora sodir etilgan jinoyatlardan koʻz yumish va hukumatning musulmonlarni aldashga urinishi yotgani shubhasiz.

Mavzuga aloqador