Ozarbayjon 2 askar evaziga 32 arman askarini ozod qildi
Ozarbayjonning Asirga olingan, bedarak yoʻqolgan va garovga olingan fuqarolar boʻyicha davlat qoʻmitasi tomonidan berilgan bayonotga koʻra, Ozarbayjon va Armaniston oʻrtasida asirga olingan harbiylar almashinuvi boʻlib oʻtganini maʻʻlum qildi.
Bayonotda
ikki davlat chegarasidagi Gazax viloyatida 32 nafar arman askarining mamlakat
maʻʻmuriyatiga topshirilgani, Armanistonning ham 2 nafar Ozarbayjon askarini
topshirgani bildirildi.
Shuningdek,
Ozarbayjon tomonida qoʻlga olingan arman askarlari sogʻligʻi Xalqaro Qizil Xoch
Qoʻmitasi tomonidan tekshirilgani, ularning ahvoli qoniqarli
ekani tasdiqlanganidan soʻng qoʻyib yuborilgani, topshirish jarayonida hech qanday koʻngilsiz hodisa sodir boʻlmagani qayd
etildi.
Ozarbayjon
va Armaniston maʻʻmuriyatlari 7 dekabrʻ kuni bergan qoʻshma bayonotida Boku va
Erevan oʻrtasida boʻlib oʻtgan uchrashuvlar natijasida ikki davlat oʻrtasidagi
ishonchni mustahkamlash uchun muhim qadamlar tashlashga kelishib olindi.