13.09.2025 14:02
111

Namanganda Abbosiylar hukmronligi davriga oid noyob qoʻlyozma va tangalar topildi



Axsikent arxeologiya parki tarkibidagi “Yangi Axsi” majmuasi topilmalar fondi 68 ta yangi tanga hamda 27 ta kitob bilan boyidi. 

Namangan viloyat hokimligi axborot xizmatiga koʻra, topilmalar orasida VIII asrga oid Abbosiylar hukmronligi davridagi kumush tangalar hamda arab yozuvida bitilgan noyob qoʻlyozma mavjud. Qoʻlyozmada handasa, riyoziyot, ilmi nujum va tibbiyotga oid maъlumotlar oʻrin olgan.

Shuningdek, fondga Somoniy va Qoraxoniylar davri hamda 1667—1670-yillarda Shvetsiya, 1836-yilda Buyuk Britaniyada zarb etilgan tangalar ham qoʻshildi.

Ayni paytda Axsikent kompleks ekspeditsiyasi Umarshayx Mirzoning rezidensiyasi boʻlgan Yakqayigit bogʻida qazish ishlarini davom ettirmoqda.

Mavzuga aloqador