12.06.2025 16:42
94
Mirziyoev Hindiston prezidenti va bosh vaziriga taъziya bildirdi
Prezident Shavkat Mirziyoev Ahmadobod shahri hududida yuz bergan aviahalokat oqibatida koʻplab insonlar halok boʻlgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Hindiston prezidenti Draupadi Murmu va Bosh vaziri Narendra Modiga taъziya maktubi yoʻlladi. Bu haqda Sherzod Asadov maъlum qildi.
“Davlatimiz rahbari qurbon boʻlganlarning oila aъzolari va yaqinlariga, butun Hindiston xalqiga chuqur hamdardlik izhor etdi, jarohat olganlar tez fursatda sogʻayib ketishini tiladi”, deb yozadi Asadov.
Maъlumot uchun, Hindistonda halokatga uchragan Air India aviakompaniyasining Boeing 787-8 Dreamliner samolyoti bortidagi barcha 242 kishi halok boʻldi. Halok boʻlganlar orasida 10 nafar ekipaj aъzosi va bort kuzatuvchilari ham bor. Hodisa bugun, 12 iyunь kuni Ahmadobod shahri aeroporti yaqinida sodir boʻlgan.