19.06.2025 14:25
97
Migratsiya masalalarini birgalikda hal qilamiz – Putin
Rossiya va Oʻzbekiston migratsiya masalalarini birgalikda hal qilishga, muhojirlarni oldindan tayyorlashga kelishib oldi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin maъlum qildi.
"Biz mehnat bozorida ham ijtimoiy xarakterdagi koʻplab masalalar borligini tushunamiz. Shavkat Miromonovich bilan migratsiya masalalarini birgalikda hal qilishga kelishib oldik. Chunki bizda mehnat bozori bugun qanday ahvolda ekani maъlum. Rossiyada ishlashni xohlaydigan odamlarni tayyorlash masalasini hal etamiz", degan Putin OʻzA bosh direktori Abdusaid Koʻchimovning savoliga javoban.
Uning soʻzlariga koʻra, yoshlar bilan ishlash muhim ahamiyatga ega. Shu sababli hozirda Rossiya va Oʻzbekiston yoshlari oʻrtasidagi aloqalarni rivojlantirishga katta eъtibor qaratilmoqda.