23.04.2025 11:51
32

Migrantlarga yordam: arzon avtobus, yoʻlkira va imtiyozlar

Endilikda vatanga qaytayotgan muhojirlar uchun arzon va tartibli avtobus qatnovi yoʻlga qoʻyiladi. 


Shuningdek, ularga: 

“Ishchi viza”sini rasmiylashtirish xarajatlari uchun — BHMning 5 baravarigacha; 


Yoʻl chiptasini xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash uchun - BHMning 2 baravarigacha; 


Chet tili yoki kasbiy malaka imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirganlik uchun — BHM ning 3 baravarigacha miqdorda moddiy yordam ajratiladi. 


Bu boʻyicha, Oʻzbekiston hukumatining “Fuqarolarni xorijda tashkillashtirilgan tartibda ishga joylashtirish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.


Bundan tashqari ushbu hujjatga binoan, nemis, ingliz, yapon va koreys tillari boʻyicha xalqaro sertifikat olgan oʻquvchilari koʻp boʻlgan oʻqituvchilarga 50 mln soʻmdan mukofot ham beriladi.


Qolaversa, rivojlangan mamlakatlarga tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi doirasida ketayotgan fuqarolar uchun tijorat banklari orqali 10 mln soʻmgacha, 2 yil muddatga va Markaziy bank asosiy stavkasiga 4 foiz band qoʻshilgan mikrokreditlar ajratiladi.

Mavzuga aloqador