12.04.2025 11:10
129

Rossiyada migrantlarni DNK asosida roʻyxatga olish taklif qilindi

Rossiya Davlat Dumasiga mehnat migrantlarini genetik roʻyxatga olishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi kiritildi. Bu tashabbusni Leningrad viloyati Qonunchilik yigʻini deputatlari ilgari surdi, deya xabar bermoqda “Parlament gazetasi”.


Mualliflarning fikricha, yagona DNK bazasini yaratish xorijliklarning shaxsini aniqlashni engillashtiradi, xususan, ilgari Rossiyadan chiqarib yuborilgan va soxta hujjatlar orqali qaytib kirishga uringan shaxslarni aniqlash imkonini beradi. 


Shuningdek, bu choralar jinoyatchilikka qarshi kurashishda, jinoyat sodir etilgan holatlarda gumondor shaxs haqida maъlumotlar mavjud boʻlmaganda, tergov jarayonini samaraliroq qilishga xizmat qilishi mumkin, deyiladi xabar matnida. 


Qonun loyihasiga koʻra, migrantlar Rossiyaga kirganidan soʻng bir oy ichida tibbiy koʻrikdan oʻtishi va biologik namuna topshirishi shart boʻladi. Barcha xarajatlar xorijiy fuqarolarning oʻz zimmasiga yuklanadi.

Mavzuga aloqador