Janubiy Koreyadagi oʻzbeklar elchixona tomonidan rasman ogohlantirildi
Oʻzbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasi mahalliy oʻzbekistonliklarga ommaviy yigʻin va mitinglarda ishtirok etmaslik haqida ogohlantirish eъlon qildi.
Elchixona maъlumotiga koʻra, Koreya Konstitutsiyaviy sudi impichmentga oid yakuniy qarorini eъlon qilish arafasida boʻlib, shu munosabat bilan Seul shahrida yirik namoyishlar boʻlishi kutilmoqda.
Shu bois fuqarolardan odam gavjum joylardan uzoq boʻlish, harakat yoʻnalishlarini oldindan rejalashtirish va ijtimoiy tarmoqlarda provokatsion xabarlarni tarqatmaslik soʻraldi.
Shuningdek, rasmiy axborot manbalarini kuzatib borish va mahalliy hokimiyat koʻrsatmalariga amal qilish tavsiya etilmoqda.
Zarurat boʻlgan holatda elchixona quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilish mumkin:
📞 +82 10 3213 4505
📞 +82 10 2909 4334
📞 +82 2 574 6554