Istanbul yaqinida 6,2 magnitudali zilzila yuz berdi
Turkiya tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) Marmara dengizida Silivri sohilida 6,2 magnitudali zilzila sodir boʻlganini maъlum qildi.
Hozircha zilzila oqibatida jabrlanganlar haqida maъlumot yoʻq.
AFAD’ga koʻra, birinchi silkinish mahalliy vaqt bilan soat 12:13 da, ikkinchi zilzila esa, soat 12:49 da qayd etilgan.
Ikki zilzila epimarkazi ham Istanbulning markaziy qismidan 50 kilometr gʻarbda, Marmar dengizi sohilidagi Silivri shahri yaqinida joylashgan.
Istanbul bilan bir qatorda atrofdagi viloyatlarda ham sezilgan zilzila 6,92 kilometr chuqurlikda sodir boʻlgani aniqlandi.
Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Erliqoya bu boʻyicha rasmiy bayonot berib, AFAD’ning barcha guruhlari va tegishli muassasalar sezilgan zilzila bilan bogʻliq dala tadqiqotlarini boshlanganini bildirdi.