14.06.2025 10:59
120
isroildagi oʻzbekistonliklarga koʻngilochar joylarga bormaslik tavsiya qilindi
Oʻzbekistonning isroildagi elchixonasi ushbu mamlakatda yashayotgan oʻzbekistonliklarga murojaat bilan chiqdi.
Jumladan, mamlakatda murakkab vaziyat vujudga kelayotganligini eъtiborga olib fuqarolar oʻzining shaxsiy xavfsizlik choralarini koʻrishi va raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslik tavsiya etildi.
Shuningdek, zaruriyatsiz koʻchaga va boshqa koʻngilochar joylarga bormaslik qoʻshimcha qilindi.
Shu bilan birga, elchixonaga oʻta zarur boʻlmagan hollarda konsullik xizmatlarini olish uchun kelishni vaqtincha toʻxtatib turish soʻralgan.
Oldinroq, Yaqin Sharqdagi vaziyatning keskinlashuvi sabab Eron va isroilda yashovchi Oʻzbekiston fuqarolaridan xavfsizlik choralariga qatъiy rioya qilishi soʻralgandi.