Kecha Gʻazo sektori va Misr chegarasida sodir boʻlgan otishmada ikkinchi misrlik askar halok boʻldi. Bu haqda mahalliy manbalarga tayanib Middle East Eye nashri xabar berdi. Nashr halok boʻlgan harbiy xizmatchi Islom Ibrohim Abdel Razek boʻlganini  aniqladi.


Chegaradagi hodisa haqidagi xabar birinchi marta dushanba kuni isroillik ommaviy axborot vositalari xabar bergan. Avvaliga bu maʻʻlumot yashiringan, biroq keyinroq Isroil harbiylari tomonidan tasdiqlanib, Misr chegarasida "otishma sodir boʻlgan" va tergov boshlangani maʻʻlum qilindi. 

Dushanba kuni kechroq Misr armiyasi soʻzlovchisi oʻzaro otishmada "chegara xavfsizligi uchun masʻʻul shaxs" halok boʻlganini tasdiqladi. Rasmiy tergov boshlanganini ham maʻʻlum qildi.

Askarlarning oʻlimi haqida boshqa rasmiy bayonotlar berilmagan.

Taʻʻkidlash joizki, shu oy boshida Gʻazoga bostirib kirishi chogʻida isroilliklar Rafah nazorat-oʻtkazish punktini egallab olganidan soʻng chegaradagi keskinlik keskin oshgan. 

Eslatib oʻtamiz, bir kun avval Rafah nazorat-oʻtkazish punktida isroillik qoʻshinlar bilan otishmada bir misrlik askar halok boʻlgan, boshqalari yaralangan edi. Isroil tomonida qurbonlar yoʻq.

Mavzuga aloqador