26.05.2025 09:45
189
Imom Rabbimqul Muhammadiev Madinada vafot etdi
2025 yil Haj mavsumida oʻzbekistonlik ziyoratchilarga ellikboshi sifatida yuborilgan Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi "Rakat" jome masjidi imom-xatibi Rabbimqul Muhammadiev vafot etdi.
Maъlum qilinishicha, u Saudiya Arabistonida betob boʻlib, komaga tushib qolgan va 26 may kuni tongda vafot etgan.
"Madinada, bugun xastalikdan soʻng Robbim huzuriga omonatlarini topshirdi", deyiladi masjid telegram kanalidagi xabarda.
Maъlumot uchun, Rabbimqul Muhammadiev 2019 yildan buyon Rakat masjidi imom-xatibi edi. Bunga qadar Olmazordagi Imom Termiziy masjidida imom-xatib boʻlgan.
Azon Global jamoasi domlaning yaqinlariga taъziya izhor etadi.