17.07.2025 14:59
117
Fargʻonada ham bolalarga diniy taъlim berganlar javobgarlikka tortildi
Huquq-tartibot idoralari va tegishli tashkilotlar xodimlari tomonidan Fargʻona viloyatida oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda hujra sharoitida diniy saboq berish holatlari aniqlandi, deya xabar bermoqda Davlat xavfsizlik xizmati.
Qayd etilishicha, Yozyovon tumanining "Tegirmonboshi" MFYda yashovchi 34 yoshli shaxs yashash xonadonida 6 nafar voyaga etmagan bolaga iyunь oyidan boshlab diniy saboq berib kelgan. Yozyovonlik boʻlgan bolalarning barchasi mazkur xonadonda yashab, saboq olgan.
Qoʻshtepa tumani "Mumtoz" MFYda yashovchi 50 yoshli shaxs 30 iyunь kuni oʻzining yashash manzilida hujra tashkil etgan. U bu erda Margʻilon shahrining Charogʻon, Orol boʻyicha va Navroʻz mahallalarida yashovchi 2009, 2013, 2014 va 2015 yilda tugʻilgan qizlarga diniy saboq berishni yoʻlga qoʻygan.
Dangʻara tumani "Tangriqul" MFYda yashovchi 62 yoshli shaxs yashash manzilida 2011, 2012 va 2015 yillarda tugʻilgan 4 nafar bolaga iyunь oyi boshlaridan buyon diniy saboq berib kelgan.
Bu kabi holat Fargʻona tumani "Vodil" MFYda joylashgan oʻquv markazida ham aniqlangan. Mazkur oʻquv markazida 28 yoshli shaxs Fargʻona tumanida yashovchi shaxs 28 nafar voyaga etmagan bolaga diniy taъlim berib kelgan.
Ayni paytda yuqoridagi holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib sud idoralariga yuborilgan.