16.01.2025 15:28
Xitoyda 49 yoshli uygʻur ayol Seylixon Roʻzi bolalari va qoʻshnisiga Qurʻʻon oyatlarini oʻrgatgani uchun 17 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Politsiya bayonotiga koʻra, u “noqonuniy yashirin diniy faoliyat”da ayblangan.
Seylixon Roʻzining oʻgʻillari Sattor Qodir va Yusuf Ahmad Qodir ham onasidan “taʻʻlim olgani” uchun 7 va 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Shuningdek, darslarda qatnashgan qoʻshnisi Yoqup Hidaet 9 yillik qamoq jazosiga mahkum qilingan.
Hodisa huquq faollari va xalqaro jamoatchilik tomonidan Xitoyning uygʻur musulmonlarga nisbatan qatagʻon siyosati sifatida keskin tanqid qilinmoqda.