13.06.2025 08:39
133

Eron va isroildagi oʻzbekistonliklar ogohlantirildi



Eron atrofidagi vaziyatning keskinlashishi va Eron hamda isroilda raketa otishmalari kutilishi munosabati bilan ushbu ikki davlatda yashovchi Oʻzbekiston fuqarolaridan xavfsizlik choralariga qatъiy rioya qilishi soʻraldi. 

Bugun, 13 iyunь kuni Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonov eъlon qilgan bayonotda shu haqda soʻz boradi.

Unga koʻra, zaruratga qarab Eronda istiqomat qiluvchilar bomba boshpanalariga tezlik bilan kirishi, isroildagilar esa berilayotgan ogohlantirishlarga amal qilishi lozim. 

Har ikki davlatdagi oʻzbekistonliklardan rasmiy xabarlarni muntazam kuzatib borish, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar va elchixona aloqa maъlumotlarini doimo yonida saqlash soʻralgan.

Mavzuga aloqador