24.02.2025 15:45
266

Endi Oʻzbekistonda davlat bojini toʻlab spirtli mahsulotlar ishlab chiqaraverish mumkin


Endilikda alkogolь mahsulotining chakana savdosiga doir faoliyat va alkogolь mahsulotlarini umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan realizatsiya qilishga doir faoliyat yuridik shaxslar tomonidan soliq organlariga mazkur faoliyat boshlanishi toʻgʻrisida xabarnoma yuborish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Bu haqda “Alkogolь va tamaki bozorini tartibga solish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilindi.

Ushbu hujjatda isteъmol va texnik etil spirti, alkogolь mahsulotlarini ishlab chiqarishga, shuningdek alkogolь mahsulotlarining ulgurji savdosiga doir faoliyatga berilgan litsenziya uchun yillik davlat bojini toʻlash muddati ham belgilangan. 

Bunda navbatdagi yillik toʻlov litsenziyadan foydalanishning keyingi yili boshlanishidan kamida 30 kun oldin toʻlanadi, keyingi toʻlov belgilangan muddatda toʻlanmagan taqdirda, litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turiladi.

Mavzuga aloqador