04.11.2024 15:33

Bishkekda Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlarining 11-sammiti boʻlib oʻtadi

6 noyabrʻ kuni Bishkekda Turkiy davlatlar tashkiloti davlat rahbarlarining 11-sammiti boʻlib oʻtadi. Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov mezbonlik qiladigan sammitda Ozarbayjon, Qozogʻiston, Turkiya va Oʻzbekiston prezidentlari ishtirok etadi. 

Bundan tashqari, sammitda TDT kuzatuvchilari davlat/hukumat rahbarlari va TDT bosh kotibi ham qatnashadi.

 “Turk dunyosini mustahkamlash: Iqtisodiy integratsiya, barqaror rivojlanish, raqamli kelajak va barcha uchun xavfsizlik” shiori ostida oʻtkaziladigan sammitda rahbarlar iqtisodiyot, savdo, raqamli transformatsiya, transport va xavfsizlik sohalaridagi TDT loyihalari bilan bogʻliq asosiy masalalar boʻyicha qarorlar qabul qiladi, kelishuvlar imzolaydi va rasmiy hujjatlarni tasdiqlaydi.

Kun tartibidan mintaqadagi va undan tashqaridagi siyosiy va iqtisodiy oʻzgarishlarni muhokama qilish, shuningdek, aʻʻzo davlatlar va kuzatuvchilar oʻrtasidagi turli sohalardagi koʻp tomonlama hamkorlikka eʻʻtibor qaratiladi. Liderlar Turk dunyosi birligi va taraqqiyotini yanada mustahkamlash uchun mushtarak muammolarga qarshi kurashish va imkoniyatlardan foydalanish borasida fikr almashadi.

Sammit yakunlanishi bilan muddatli raislik Qozogʻistondan Qirgʻizistonga oʻtadi. Yakunlash marosimida davlat rahbarlari Bishkek deklaratsiyasini va bir qator muhim qarorlarni imzolaydilar.

Sammit oldidan TDT Tashqi ishlar vazirlari kengashi Bishkekda yigʻilib, kun tartibidagi masalalar va davlat rahbarlari tomonidan imzolanadigan hujjatlarni yakunlaydi.

Mavzuga aloqador