18.07.2025 06:21
89

Baxtiyor Saidov Kobulda: "Trans-Afgʻon" temir yoʻli boʻyicha kelishuv imzolandi



Kecha, 17 iyulь kuni Oʻzbekiston, Afgʻoniston va Pokiston tashqi ishlar vazirlari oʻrtasidagi ilk uch tomonlama uchrashuv boʻlib oʻtdi.

TIV rahbari Baxtiyor Saidovning maъlum qilishicha, uchrashuv yakunida rasmiylar oʻrtasida "Trans-Afgʻon" temir yoʻli loyihasi boʻyicha texnik-iqtisodiy asos ishlab chiqishga doir uch tomonlama hadli bitim imzolangan. Mazkur loyiha savdoni kuchaytiradi, Afgʻonistonning iqtisodiy tiklanishini qoʻllab-quvvatlaydi va janubiy portlar orqali jahon bozorlariga yangi yoʻl ochadi, deyiladi, xabarda. 

Saidovning ushbu tashrifi chogʻida Afgʻoniston bosh vaziri Muhammad Hasan Oxund bilan ham uchrashishi kutilmoqda.

Mavzuga aloqador