02.08.2025 15:18
40
Afgʻoniston koʻchalarida ilk bor axlat qutilari paydo boʻladi
Kobul maъmuriyati ushbu hududda besh mingdan ortiq axlat qutilari oʻrnatila boshlanganini maъlum qildi. Afgʻonistonda hatto oldingi tuzumlar hukmronligi paytida ham ushbu masala koʻtarilmagan edi.
"Shaharning tozaligini saqlash va tashqi koʻrinishini yaxshilash maqsadida Kobul shahar hokimligi maxsus chiqindi konteynerlarini trotuarlar va asosiy koʻchalar boʻylab oʻrnatishni boshladi. Loyiha byudjeti 504 ming dollarni tashkil etadi.
Ilgari millionlab kobulliklar axlatni oʻzboshimchalik bilan yashash hududlariga yaqin joylashgan axlatxonaga yoki Kobul daryosiga tashlashgan. Bu esa shahar kanalizatsiyasi va normal suv taъminoti yoʻq sharoitda infektsion kasalliklar koʻpayishiga olib kelgan", deyiladi bayonotda.