23.06.2025 07:33
42
Baxtiyor Saidov IHT tashqi ishlar vazirlari rahbarlari kengashida qatnashdi
Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov 21-22 iyunь kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida boʻlib oʻtayotgan Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) tashqi ishlar vazirlari kengashining 51-sessiyasida qatnashdi.
Uning Telegram-kanalida qayd etilishicha, sessiya ikki tomonlama, mintaqaviy va global masalalar yuzasidan fikr almashish uchun samarali maydon boʻlgan.
Oʻz navbatida Saidov tadbirni yuksak darajada tashkil etgani va samimiy mehmondoʻstlik uchun Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidanga minnatdorlik bildirgan.
Vazirning taъkidlashicha, Oʻzbekiston delegatsiyasi Islom dunyosidagi hamkorlar bilan oʻnlab samarali uchrashuvlar va mazmunli muloqotlar oʻtkazgan.
“Oldimizdagi dolzarb muammolar yuzasidan atroflicha fikr almashib, tinchlik, taraqqiyot va farovonlikni taъminlashning amaliy yoʻllarini muhokama qildik”, degan TIV rahbari.