22.04.2025 12:02
47

Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi tashkil qilinadi

Buxoro viloyatida Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etiladi. 


Bu haqdagi prezident farmoniga koʻra, Bahouddin Naqshband va naqshbandiylik tariqati allomalarining yuksak insonparvarlik gʻoyalarini ilmiy asosda oʻrganish ushbu markazning asosiy vazifalaridan biri boʻladi. 


Shuningdek, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Vazirlar Mahkamasi boʻysunuviga oʻtkazilgan. 


U islomshunoslik yoʻnalishidagi ilmiy tadqiqotlarni hamda din bilan bogʻliq jarayonlar boʻyicha tahlillarni amalga oshiruvchi ilmiy-tadqiqot muassasasi etib belgilangan.


Bundan tashqari, farmon asosida Diniy-maъrifiy sohada taъlim, fan va ilmiy-tadqiqotga oid faoliyatni muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etilishi koʻzda tutilmoqda. 


Qayd etilishicha, ushbu kengash ushbu sohalardagi barcha jarayonlarni muvofiqlashtirish masalalariga masъul boʻlgan maslahat organi hisoblanadi.

Mavzuga aloqador