Qozogʻiston hukumati Turkiston viloyatida joylashgan Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasini davlat muhofazasiga oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qildi, deya xabar bermoqda Yeni Şafak nashri. Qarorni Qozogʻiston bosh vaziri Oljas Bektenov imzoladi.

Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasi oʻrta asr meʻʻmorchiligining noyob yodgorligi boʻlib, mashhur turkiy shoir, soʻfiylik tariqatining asoschisi Yassaviy qabri ustiga qad rostlagan. Ushbu majmua YuNESKOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan Qozogʻistondagi birinchi obʻʻekt hisoblanadi. 

Amir Temur davrida qurilgan majmua oʻsha davr meʻʻmorchiligining yorqin namunasi boʻlib, Markaziy Osiyo maʻʻnaviy-madaniy anʻʻanalarining ahamiyatini ifodalaydi.

1385—1405 yillarda maqbara atrofida masjid, saroy zallari (katta va kichik oqsaroy), kutubxona, maishiy xizmat xonalari (oshxona, quduq) va ziyoratchilar uchun yashash xonalari (hujralar) kabilarni oʻz ichiga olgan majmua qurilgan. 
Ushbu tuzilmalar Xoja Ahmad Yassaviy merosini asrab-avaylashda muhim rol oʻynaydi va Qozogʻiston madaniy merosiga katta hissa qoʻshadi.

Hukumatning mazkur obidani davlat muhofazasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori nafaqat uning tarixiy ahamiyati, balki yodgorlikni kelajak avlodlar uchun asrab-avaylashni taʻʻminlash zarurati bilan ham bogʻliq. Hujjatga koʻra, maqbara va muzey-qoʻriqxonaning boshqa obʻʻektlari xavfsizligini taʻʻminlash uchun ichki ishlar organlari javobgar boʻladi.

Shuningdek, bu qadam Qozogʻistonda turizm sanoatini yanada rivojlantirish uchun ham yangi istiqbollarni ochishi kutilmoqda. Zero Xoja Ahmad Yassaviy maqbarasi mamlakatning asosiy maʻʻnaviy-madaniy markazlaridan biri boʻlib, Qozogʻistondan ham, xorijdan ham koʻplab ziyoratchilar va sayyohlarni oʻziga jalb qiladi.

Bunday chora-tadbirlar milliy madaniy merosni mustahkamlash, uni asrab-avaylash va ommalashtirishga koʻmaklashishga qaratilgan boʻlib, bu globallashuv va YuNESKO himoyasidagi obʻʻektlarga xalqaro eʻʻtiborni kengaytirish sharoitida ayniqsa muhimdir.

Mavzuga aloqador