19.12.2024 07:40

Ahmad al-Shara (Jolaniy) suriyalik jurnalistlarga bayonot berdi

Jolaniy Suriya iqtisodini qayta tiklash borasida toʻxtalib: "Biz Suriyani bir dollarsiz qabul qildik", dedi. 

Uning soʻzlariga koʻra, rejim narkotik daromadlarini chet eldagi suriyaliklarga pul oʻtkazmalari orqali oʻtkazgan.

"Suriyani noldan qabul qildik. Yil oxirigacha hamkorlik tufayli ajoyib natijalarga erishamiz," – dedi Jolaniy.

Uning taʻʻkidlashicha, mamlakatda endi chodirlar qolmagan. Davlat aktivlarini qaytarish qiyin, lekin buning ustida ish olib borilmoqda. Suriyaga birinchi kemalar etib keldi.

"Mamlakatni tiklash dasturi yakunlanmoqda," – dedi u restavratsiya haqida gapirar ekan. "Davlat tuzilishiga koʻra, "Suriya hamma uchun," pozitsiyasiga amal qiladi. 

Xasaka va Raqqa haqidagi savolga qoʻshinlarni olib chiqish yoki harbiy aralashuv yoʻli bilan ushbu masala echim topishini bildirdi. 
"Biz qon toʻkilmasligi uchun harakat qilamiz", - dedi u. 

Uning soʻzlariga koʻra, Suriya xalqi davlat yordami bilan emas, oʻz mehnati bilan yashayapti. Bu muammo ham hal qilinadi. 

"Suriya kelajagi sabr va harakatni talab qiladi: Alloh taolo dunyoni bir kunda yaratmagan", dedi Jolaniy soʻzi yakunida.