07.11.2024 16:30

Trampning qaytishi Yaqin Sharqda nimani oʻzgartiradi?

Donalʻd Tramp ikkinchi bor AQShdagi prezident saylovlarida gʻolib boʻldi. U garchi butun dunyodagi urushlarni toʻxtatishga vaʻʻda berayotganiga qaramasdan, koʻpchilik siyosiy tahlilchilar Trampni dunyo uchun katta xavf deb hisoblaydi. Hatto muhokamani faqat Yaqin Sharq siyosati bilan cheklasak ham, Tramp borasida jiddiy xavotirlar mavjud.

 

Donalʻd Tramp ikkinchi bor AQShdagi prezident saylovlarida gʻolib boʻldi. U Floridadagi qarorgohida tarafdorlari qarshisida nutq soʻzlab, oʻzini AQShning 47-prezidenti deb atadi. 

«Amerika bizga bemisl va kuchli mandat berdi. Biz tarix yaratyapmiz. Endi bu mamlakatni davolaymiz», degan u.

Shunga qaramay, koʻpchilik siyosiy tahlilchilar Trampni dunyo uchun katta xavf deb hisoblaydi. Bunga uning global miqyosda oʻsib borayotgan populistik oʻng kuchlar bilan ochiq hamkorligi; koʻplab chetlashtirilgan jamoalarni badnom qilishi; tashqi siyosatda shaxsiy manfaatlarini koʻzlab ish tutishi hamda AQShni avtokratik rahbar sifatida boshqarishga intilishi sababdir.

Hatto muhokamani faqat Yaqin Sharq siyosati bilan cheklasak ham, Tramp borasida jiddiy xavotirlar mavjud.

Baʻʻzilar soddadillik bilan Tramp urushga qarshi deb oʻylaydi. Bu qarashlar uning Oq uydaligida yangi urushlar boshlamaganini bot-bot taʻʻkidlashi bilan bogʻliq. Ammo bu Trampning «oʻzini tiyishi» tufaylimi yoki boshqalar shuni xohlagani uchunmi, aytish qiyin.

Eng aniq dalil – Tramp davrida Eron Islom inqilobi muhofazasi korpusi tarkibidagi «Quds» maxsus boʻlinmasi qoʻmondoni Qosim Sulaymoniyning oʻldirilishi boʻlib, Eron oʻshanda urushning oldini olish uchun qasos olmaslikka qaror qilgandi.

Tramp, avvalroq, 7 oktyabrʻ voqealari va Isroilning shundan keyingi barcha qirgʻinlari uchun zamin hozirladi.

U buni «Ibrohim bitimi» orqali amalga oshirdi. Bu bitim falastinliklarni yakkalab qoʻyish va ularni qoʻlidagi yagona diplomatik vositadan – Isroil va arab davlatlari oʻrtasidagi munosabatlarni normallashtirish imkoniyatidan mahrum qilish edi.

Bundan oldin Tramp koʻp yillik anʻʻanani buzib, AQSh elchixonasini Telʻ-Avivda emas, balki Quddusda saqlab qolgan va Vashingtondagi Falastin ozodlik tashkiloti(FOT) vakolatxonalariga ruxsat beruvchi farmonni imzolamagan edi.

Bu falastinliklar va AQSh oʻrtasidagi diplomatik aloqalarni uzdi va falastinliklar uchun ozodlikka erishishning diplomatik yoʻli yoʻqligini tasdiqladi.

Quddusda Amerika elchixonasi rasman ochilganida, Tramp va Isroil rahbariyati buni nishonladi. Ayni paytda Isroil qoʻshinlari «Buyuk qaytish» yurishi vaqtida Gʻazo chegarasida toʻplangan falastinlik tinch aholini oʻqqa tutdi.

Elchixonani koʻchirishning bir qismi sifatida Tramp birlashgan Quddusni Isroil poytaxti deb atadi va amalda Isroilning butun Quddusga boʻlgan daʻʻvosini qoʻllab-quvvatladi. Tramp, shuningdek, Isroilning Golan tepaligini bosib olganini tan oldi.

Bundan tashqari, u shoshilinch qarorlari bilan katta tartibsizlikka sabab boʻldi. Davlat rahbari sifatida Eron bilan tuzilgan yadro kelishuvini bir tomonlama bekor qildi. Hatto uning oʻz kabineti aʻʻzolari ham samarali ekanligini aytgan bu kelishuv yadro dasturining kengayishini toʻxtatgan va mintaqaviy keskinlikni pasaytirgan edi. Tramp buni oʻzgartirdi.

Mintaqani yaxshi bilmasligi va xushomadga moyilligi tufayli u Saudiya Arabistonining Qatarni qamal qilishiga ochiqchasiga ruxsat berdi, bu esa butun mintaqada keskinlikni kuchaytirdi.

Afsuski, baʻʻzi musulmonlar bu ishlar endi oʻtmishda qoldi, unutildi, deb oʻylashadi. Xuddi Michigan shtatida boʻlib oʻtgan Trampni qoʻllab-quvvatlovchi mitingda mahalliy imom Bilol al-Zuhayriy aytganidek: u «Men bugungi kun va kelajak haqida gapirishni xohlayman. Oʻtmish haqida gapirishni istamayman», degan edi.

Bundan tashqari, Tramp Gʻazodagi «genotsidni toʻxtatish emas, balki yana-da kuchaytirish» haqida soʻzlamoqda. Uning Flastinni butunlay yoʻq qilishi uchun Isroilni yana-da kuchliroq dastaklash gʻoyasi shundan darak beradi. Hatto Donalʻd Isroilga tonnalab bombalar joʻnatishiga qaramay, Baydenni «[Isroil bosh vaziri Binʻnyamin] Netanʻyaxuni toʻxtatishga urinish»da ayblagandi.

Joriy yilning boshida Tramp Isroilni Gʻazoda «tezroq ishni tugatish»ga chaqirgan.

Yaqinda Isroil bosh vaziri bilan boʻlgan telefon suhbatida Tramp Netanʻyaxuga «zarur boʻlgan barcha ishni qilishi kerakligi»ni taʻʻkidlagandi.

AQShdagi namoyishlar, ayniqsa universitet talabalariga qarshi hukumat allaqachon zoʻravonlik siyosatini yuritayotgan boʻlsa-da, Tramp bundan ham yomonroq yoʻl tutishi mumkin. U namoyishchilarga qarshi Milliy gvardiya yoki hatto harbiy kuchlardan foydalanish haqida soʻz ochgan. Oqibatda adolat uchun kurashayotgan faollarning ovozi butkul oʻchirilishi mumkin.

Shuningdek, u HAMAS tarafdori boʻlgan barcha chet elliklarni mamlakatdan quvishni rejalashtiryapti. Aytish joizki, Isroil tarafdorlari, butun siyosiy spektr boʻylab, Gʻazodagi genotsidga qarshi norozilik bildirgan har qanday odamni HAMAS tarafdori deb hisoblaydi.

Shu bois, Trampning qaytishi Yaqin Sharqdagi vaziyatni yana-da olovlantirishi ehtimoldan xoli emas. Bu esa Falastindagi genotsidning toʻxtashi yangi AQSh hukumatiga emas, balki dunyo musulmonlarining mustahkam eʻʻtiqodi va faolligiga bogʻliqligini anglatadi. Bugun bu qirgʻinni toʻxtatish uchun dunyodagi har bir musulmon masʻʻuldir.

Mavzuga aloqador