07.05.2025 04:26
347

Tahlil: Hindiston Pokistonga hujum qildi. Yadroviy urush boshlanadimi?



2025 yil 6 may kuni Hindiston Pokiston va Islom Respublikasi tomonidan boshqariladigan Kashmirdagi bir nechta nuqtalarga raketa zarbalarini berdi. Bu yadro quroliga ega ikki qoʻshni davlat oʻrtasida davom etayotgan keskinlikning sezilarli darajada kuchayishidan dalolatdir.

Hindiston tomoni "Sindur operatsiyasi"ni boshlaganini maъlum qilib, Pokistondagi toʻqqizta obъektni nishonga oldi. Nьyu-Dehli goʻyoki bu hujum "terrorchilik infratuzilmasiga qarshi maqsadli operatsiya" ekanligini va harakatlar "cheklangan"ligini bildirdi.

Avvaliga rasmiy Islomobod Hindistonni kamida uch kishi, jumladan bir bolani oʻldirganlikda, masjid va madrasalarni vayron qilganlikda aybladi. Biroz oʻtib mamlakat Mudofaa vazirligi vakili Hindiston harbiy-havo kuchlarining zarbalari oqibatida sakkiz kishi halok boʻlgani, yana 35 kishi yaralanganini xabar qildi. Voqealar shunday davom etsa qurbonlar va yaralanganlar soni yanada oshishi mumkin.

Hindiston Mudofaa vazirligi esa zarbalarni "yoʻnaltirilgan, oʻlchovli va keskinlashmagan" deb taъriflab, Pokistonning hech qanday harbiy obъekti nishonga olinmaganini taъkidladi. 

Pokiston harbiylari zarbalarni tinch aholiga qilingan “qoʻrqoqlarcha hujum” deb atadi va “oʻzi tanlagan vaqt va joyda” javob berishga vaъda berdi. Shu bilan birga Pokiston Hindiston havo kuchlarining ikkita qiruvchi samolyotini urib tushirganini maъlum qildi. Gʻarb nashrlari esa Hindiston armiyasining beshtagacha qiruvchi samolyotlari urib tushirilgani va bir nechta hind askarlari asirga olingani haqida yozmoqda.

Harbiy manbalarga koʻra, Hindiston Pokistonga berilgan zarbalarda Frantsiyada ishlab chiqarilgan SCALP qanotli raketalari va Rafale qiruvchi samolyotlaridan foydalangan.

Shuningdek, oldinroq Rossiya Hindistonga 30 mln dollarlik “Igla-S” koʻchma zenit-raketa komplekslari yuborgani aytilgan.di

Ular allaqachon armiya havo hujumidan mudofaa boʻlinmalariga topshirilgan. Hozirda koʻchma zenit-raketa tizimlari Pokiston bilan ehtimoliy mojaro hududlariga joylashtirilmoqda. Ulardan samolyotlar, zarba beruvchi vertolyotlar va dronlardan himoyalanish uchun foydalanish rejalashtirilgan.


Mahalliy nashrlarning yozishicha, 7 mayga oʻtar kechasi chegaradagi toʻqnashuvlar fonida Kashmirda blekaut yuzaga kelgan.

Hindiston tomonidan bosib olingan Kashmirning bir qancha hududlarida elektr toki butunlay uzilgan. Hukumat chegaradagi shiddatli janglar fonida bu hududlarga elektr taъminotini toʻxtatgan. Ushbu hududlarda internet uzilishlari haqida xabarlar ham bor.

Oʻz navbatida xalqaro hamjamiyat ikki yadrovi davlat oʻrtasida keskinlik kuchayib borayotganidan xavotir bildirdi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashi favqulodda yigʻilish oʻtkazib, har ikki davlatni vazminlikni saqlashga va vaziyat yanada avj olishining oldini olish uchun muloqotga kirishishga chaqirdi.

AQSh prezidenti Donald Tramp ham Hindiston agressiyasi yuzasidan oʻz fikrini bildirib, "bu – uyatli holat" ekanini va "mojaro imkon qadar tezroq toʻxtatilishi lozimligini” aytib oʻtgan.

Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan ham pokistonlik mavqedoshi Muhammad Ishoq Dar bilan telefon orqali suhbatlashib, Pokiston va Hindiston oʻrtasidagi voqealar oʻzgarishini muhokama qilgan.

Sharqshunos tahlilchilarga koʻra, bu voqea Hindiston-Pokiston munosabatlarining sezilarli darajada yomonlashganini va har ikki tomonning toʻgʻridan-toʻgʻri harbiy harakatlarga kirishganini koʻrsatadi. Hindistonning qoʻshni mamlakat hududiga raketa zarbalarini yoʻllashi  va Pokistonning hind qiruvchilarini urib tushirib, askarlarini asirga olishi kengroq mojaro yuzaga kelishi xavfini paydo qilmoqda.

Vaziyat mintaqada tinchlik oʻrnatilishi moʻrt ekanligini va asosiy muammolarni, jumladan, uzoq vaqtdan beri davom etayotgan Kashmir mojarosi bilan bogʻliq xavotirlarni hal qilish uchun diplomatik saъy-harakatlarni yangilash zarurligini koʻrsatmoqda.

Akobir Sayidov, [07.05.2025 4:08]
Shundoq ham soʻnggi vaqtlarda Hindistonda islomofobiya kuchayib, musulmonlarga nisbatan tazyiqlar ortib borayotgan edi. Ayniqsa, radikal hinduiylarning hujumlari sabab mamlakatda koʻplab musulmonlar jabr chekmoqda. Modi boshchiligidagi hukumat esa radikallarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlab, musulmonlarga tegishli masjid-u madrasalargacha buzish ishlarini davom ettirmoqda. Mazkur holat esa mamlakatning ichida ham koʻplab noroziliklarni keltirib chiqarayotgan edi. 

Eъtiborlisi, Hindiston – musulmon aholisi koʻpligi boʻyicha dunyodagi ikkinchi eng katta davlat hisoblanadi. 2024 yil holatiga koʻra, Hindistonda taxminan 200 mln musulmon bor, bu mamlakat umumiy aholisining qariyb 15 foizini tashkil qiladi. Biroq Hindistonda musulmonlar koʻpligiga qaramay, soʻnggi yillarda musulmonlarga qarshi siyosiy harakatlar bilan birga zoʻravonlik, diskriminatsiya va islomofobiya kuchaygan.

Yaqin tarixga nazar tashlasak, Ikkinchi jahon urushidan keyin Angliya zaiflashdi va Hindiston yarimorolini nazorat qilolmay qoldi. 1947 yilda Hindiston va Pokiston tashkil topayotganda federativ demokratik davlat sifatida tashkil topgan. 

Ikki davlat oʻrtasidagi eng katta konflikt — Jammu va Kashmir viloyatlari. Bu viloyatlar aholisining asosiy qismi musulmonlar, lekin hokimiyat tepasidagilar hinduiylardir. Shuning uchun ham ular Hindiston bilan boʻlishni tanlaydi. Jammu va Kashmirdan tashqari ham boshqa konflikt nuqtalari bor: chunki asrlar davomida hindlar va pokistonliklar oʻrtasidagi qorishganlik darajasi yuqori emas. Shunday holatda ikki davlat oʻrtasidagi ziddiyat juda ham kuchli. Oʻtgan asrda yadroviy toʻqnashuv AQSh va SSSR oʻrtasida modellashtirilgan boʻlsa, hozirda yadroviy toʻqnashuv boʻlishi mumkin boʻlgan davlatlar Hindiston va Pokiston deb koʻrilmoqda.

Mavzuga aloqador