16.07.2025 09:44
243
Pokistonda yigʻilgan musulmon rahbarlari nega birin-ketin oʻldirildi?
1974 yil fevralь oyida Pokistonning Lahor shahrida Islom hamkorlik tashkilotining ikkinchi sammiti boʻlib oʻtdi: bu tarixiy uchrashuvda 35 dan ortiq musulmon davlatlari rahbarlari ishtirok etdi. Bu Islom olamida kamdan-kam kuzatiladigan birdamlik lahzasi edi. 1973 yilgi arab-isroil urushi, energetika inqirozi va Gʻarb mustamlakachilik taъsirining susayishi sharoitida musulmon dunyosi oʻzini mustaqil, kuchli va tsivilizatsion kuch sifatida namoyon etishga urinib koʻrdi.
Sammit tashabbuskori – Pokiston bosh vaziri Zulfiqor Ali Bhutto edi. Ushbu sammit bir qancha sabablarga koʻra tarixiy ahamiyatga ega boʻldi:
Pokiston Bangladeshni rasman tan oldi, natijada shayx Mujibur Rahmon ham sammitda ishtirok etish imkoniga ega boʻldi. Bu Janubiy Osiyodagi munosabatlarni normallashtirish sari qadam boʻldi.
Falastin ozodlik tashkiloti Yosir Arofat rahbarligida Falastin xalqining yagona qonuniy vakili sifatida tan olindi.
Islom taraqqiyot bankini tuzish, fan va taъlim sohasida hamkorlikni kuchaytirish hamda energetika siyosatida yagona strategiya ishlab chiqish taklif etildi. Yaъni neftni Gʻarbga bosim vositasi sifatida ishlatish gʻoyasi ilgari surildi.
Bu – islom olamining siyosiy, iqtisodiy va ideologik mustaqillik sari tashlagan dastlabki qadamlaridan biri edi.
Ammo aynan shu lahzadan soʻng birin-ketin fojialar toʻlqini boshlandi. Lahor sammitida ishtirok etgan koʻplab etakchilar tajovuz, zoʻravonlik qurboni boʻlishdi yoki sirli holatda oʻldirildi. Keyinchalik bu voqealar "Lahor laъnati" nomi bilan mashhur boʻlib ketdi.
Tarixiy maъlumotlarga nazar tashlaydigan boʻlsak:
Shayx Mujibur Rahmon 1975 yil avgustda harbiy toʻntarish natijasida butun oilasi bilan birga qatl etildi.
Zulfiqor Ali Bhutto 1979 yilda harbiy rejim tomonidan teatrlashtirilgan sud hukmi orqali osib oʻldirildi.
Misr prezidenti Anvar Sadat 1981 yilda harbiy parad paytida oʻz askarlari tomonidan otib oʻldirildi.
Yosir Arofat 2004 yilda rasman insulьtdan vafot etgani eъlon qilindi, ammo koʻpchilik uni zaharlangan, deb hisoblaydi.
Muammar Qaddofiy 2011 yilda NATOning mustaqil mamlakat ichki ishlariga aralashuvi ortidan qoʻlga olinib, shafqatsizlarcha oʻldirildi.
Saudiya Arabistoni podshohi Faysal 1975 yilda oʻz amakivachchasi tomonidan otib oʻldirildi – bu uning AQShga qarshi neftь embargosini boshlaganidan soʻng sodir boʻldi.
Bularning barchasi tasodifmi? Yoki Islom olamini birlashtirish va mustamlakachilar changalidan chiqib ketishga urinishi uchun toʻlangan ogʻir badalmi?
1974 yilgi Lahor sammiti Islom dunyosi tarixida burilish nuqtasi boʻlishi mumkin edi. Ammo u tarixiy imkoniyat emas, balki ogʻir oqibatlari bilan yodda qolgan voqeaga aylandi. Ilk Islomiy birlik harakati neftь, moliya va harbiy kuchlar bilan qurollangan global gegemonlar tomonidan yoʻq qilindi. Har bir mustaqil fikrlovchi etakchi jahon siyosiy sahnasidan yoʻqotildi. Lahor sammiti musulmon dunyosi uchun yoʻqolgan imkoniyat ramziga aylandi. Bu esa musulmonlarning birlashishi hozirgi global tartibot egalari uchun eng katta tahdid hisoblanishini anglatadi.