13.06.2025 14:24
210
Isroil Eronning Er osti yadroviy inshootlarini yoʻqatoladimi?
Eron va Isroil oʻrtasidagi keskinlik yanada oshmoqda. Juma tongida Isroil Eron hududidagi bir necha muhim obъektlarga havo zarbalari bergani haqida xabarlar tarqaldi. Bu voqelik xalqaro ekspertlar va tahlilchilar oʻrtasida jiddiy muhokamalarga sabab boʻlmoqda.
"Al Jazira" telekanali ushbu murakkab vaziyatni harbiy tahlilchi general Fayz ad-Duveriy bilan tahlil qildi.
xxx
General Fayz ad-Duveriyga koʻra, Eronning yadroviy inshootlari togʻlar ichida juda chuqur joylashgan boʻlib, bu Isroilning ularni nishonga olib yoʻq qilishini ancha qiyinlashtiradi. Shu bilan birga, Tel-Aviv bunday zarbalarni amalga oshirishda jiddiy logistik toʻsiqlarga duch keladi.
Duveriy "Al Jazira" telekanaliga Isroil harbiy hujumi arafasida intervьyu bergan edi. Unda Natanz, Fordo va Orakdagi Eron yadroviy inshootlarini yoʻq qilishga qodir yagona bomba — bu "GPB-57" ekani, Isroil bu bombani koʻtara oladigan samolyotlarga ega emasligini bildirdi.
Harbiy mutaxassisning taъkidlashicha, "F-35" va shunga oʻxshash samolyotlar bu bombani koʻtara olmaydi, uni faqat AQShning strategik bombardimonchilari olib yura oladi. Ushbu bomba 60 metrlik temirbeton qatlamni teshib oʻtishi, undan tashqari yana qoʻshimcha 60 metrlik tosh qatlamni ham bosib oʻtishi mumkin, yaъni er ostidagi yadroviy inshootlarga etib borish qobiliyatiga ega.
Juma tongida Isroil Eronga keng koʻlamli havo zarbasini amalga oshirdi va bu hujumda yadroviy inshootlar, ballistik raketa ishlab chiqarish zavodlari, havo mudofaa tizimlari va yuqori martabali harbiylar nishonga olingani aytildi. Isroil bu amaliyotni "Tehronning yadroviy qurol yaratishining oldini olish uchun boshlangan uzoq muddatli operatsiya" deb atadi.
Shu bilan birga, Xalqaro atom energiyasi agentligi Eron rasmiylariga tayanib, Bushehr atom stantsiyasiga hujum qilinmagani, Fordo yadroviy markazi esa hozircha Isroil zarbalaridan taъsirlanmaganini maъlum qildi.
Agentlik shuningdek, Isroil tomonidan nishonga olingan Natanz yadroviy markazida radiatsiya darajasida hech qanday oshish kuzatilmaganini maъlum qildi.
Biroq, “Yediot Ahronot” gazetasi xavfsizlik manbalaridan olingan maъlumotlarga tayanib, Isroil armiyasi Natanzdagi yadroviy obъektni yoʻq qilganini xabar qildi.
Bundan bir necha kun oldin Xalqaro atom agentligi rahbari Rafaelь Grossi Eronning yadroviy salohiyatini faqat bitta zarba bilan yoʻq qilish mumkin emasligini aytgan, u obъektlarga bir necha marta tashrif buyurganini va ularga kirish uchun chuqur spiral shaklidagi tunnel orqali tushish kerakligini bildirgan.
Bu voqealar fonida AQShning "ABC News" telekanali Amerika Qoʻshma Shtatlari Isroilga logistik yordam koʻrsatishi va razvedka maъlumotlari bilan taъminlashi mumkinligini maъlum qildi.
"SBS" esa AQSh rasmiysi soʻzlariga tayanib, Donalьd Tramp maъmuriyati Isroilning harbiy amaliyotini qoʻllab-quvvatlash imkoniyatlarini koʻrib chiqayotganini, ammo uning boshchiligini oʻz zimmasiga olmasligini bildirdi. Bu qoʻllab-quvvatlash havodagi yonilgʻi taъminoti yoki razvedka maъlumotlari almashinuvi orqali boʻlishi mumkin.
Isroil armiyasi oʻnlab jangchi samolyotlar Eronga dastlabki zarbani berganini, undan soʻng yana qoʻshimcha hujumlar amalga oshirilganini bildirdi.
Bugun tongda eъlon qilingan bayonotga koʻra, 200 dan ziyod samolyot Eronga hujum qilgan, mamlakatning turli hududlarida 100 ga yaqin nishonga zarba berilgan va bu amaliyotlarda 300 ta bomba ishlatilgan. Isroil havo kuchlari hozirgi paytda ham Erondagi yadroviy inshootlarga zarba berishni davom ettirayotgani aytildi.
Isroil Bosh vaziri Binьyamin Netanьyaxu — Xalqaro jinoyat sudi tomonidan qidirilayotgan shaxs. Bosh vazir bu zarbani "Isroil tarixidagi hal qiluvchi lahza" deb atadi. Ushbu mislsiz amaliyotning asosiy maqsadi Eronning yadroviy infratuzilmasini yoʻq qilish ekanini taъkidladi.
Isroil mudofaa vaziri Israel Kats esa armiya katta muvaffaqiyatga erishganini, inqilob qoʻriqchilari, armiya va razvedka etakchilari hamda yadro olimlari aniq nishonga olinganini maъlum qildi.
Vazir Kats armiya Eron yadroviy dasturini yoʻqqa chiqarish va Isroilga tahdidlarni bartaraf etish maqsadida operatsiyalarni davom ettirayotganini taъkidladi.
Manba: Al Jazira