02.05.2025 17:30
107
Hindiston va Pokiston: vaziyat keskinlashmoqda! Yadro urushi yaqin…(mi?)
Xalqaro jamoatchilik va ekspert doiralar bir haftadan beri bu safargi Kashmir nizosi sabablarini oʻrganishga astoydil urinmoqda. Xoʻsh, Pokiston-Hindiston muammolarining keskinlashuvidan kim manfaatdor? Albatta, bundan manfaatdor markazlar va sabablar bor...
70 yildan oshibdiki, Hindiston tarkibidan Pokistonning ajralib chiqishi ortidan yuzaga kelgan Kashmir muammosi hal etilmay keladi. Qorli togʻlar bilan oʻralgan Kashmir buddaviy Hindiston va islomiy Pokiston oʻrtasidagi “jannatmakon oʻlka” deb taъriflanadi. Ammo soʻnggi 20 yil ichida bu maskan uchun yuzaga kelgan nizolarda har ikki tomonni koʻshib hisoblaganda 40 mingdan ziyod insonning yostigʻi quridi.
Hindiston Islomobodni ayirmachi jangarilarni qoʻllab-quvvatlashda, Pokiston esa Hindiston kuchlarini Kashmirdagi musulmonlarga bosim oʻtkazib, aholi noroziligiga sabab boʻlishda ayblaydi.
Mojaro ildizi
1947 yilda, Britaniya Hindistonini taqsimlashda asosan musulmonlardan iborat Kashmir (hozirda hududning Hindiston qismidagi 12 million aholining 60 foizdan koʻprogʻi musulmonlar) aslida musulmon Pokistonga oʻtishi kerak edi. Biroq oʻshanda Kashmir va Jammu knyazligini hind maxaraja – Xari Sinkx boshqarardi. Maxaraja oʻz saltanatining Hindiston tarkibiga qoʻshilishini istadi, tabiiyki, koʻpchilikni tashkil etgan musulmonlar bu qarorga qarshi chiqdi. Shu tariqa qurolli ziddiyat kelib chiqdi, kashmir qabilalari otryadlari Pokiston armiyasi koʻmagida maxaraja saltanatining taxminan uchdan bir qismini egallab oldi. Hududning bu qismi hamon Pokiston nazorati ostida, front chizigʻi esa “nazorat chizigʻi” deb ataluvchi, de-fakto chegaraga, de-yure har ikki tomon tan olmaydigan liniyaga aylandi.
Taъkidlash oʻrinliki, ayni paytda sobiq Jammu va Kashmir knyazligi hududining toʻlaligicha yoki qisman kimga mansubligi masalasi oz boʻlsa-da Xitoy tomonidan ham bahsga sabab boʻlib keladi. Yaъni Kashmirning 86 ming kv km qismi Pokiston, 130 ming kv km hududi Hindiston tomonidan nazorat qilinadi. Oʻz navbatida, Xitoy ham aholi kam, ammo strategik muhim hudud – Aksaychin va baland togʻli hududlarni egallab turibdi.
1965 yilda Hindiston va Pokiston oʻrtasida Kashmir tufayli etti mingga yaqin insonning yostigʻini quritgan, ikkinchi jahon urushidan beri eng yirik zirhli texnikalar toʻqnashgan, yuzlab tanklar ishdan chiqqan, oʻnlab samolyotlar urib tushirilgan yana bir urush yuz berdi. Darvoqe, bu urush mobaynida Hindiston Sharqiy Pokistonga ham hujum qildi. Biroq bu qonli urush oxir-oqibat 1971 yilda dunyo xaritasida yana bir mustaqil davlat – Bangladesh Xalq Respublikasining paydo boʻlishi bilan yakun topdi.
1999 yilda esa koʻlami jihatidan kichikroq “Kargil urushi” yuz berdi. Unda Kashmirning Kargil mintaqasi uchun ikki oylik toʻqnashuvlar sodir boʻldi. Shu yilning fevralida Kashmirda hind harbiylari kolonnasiga qilingan hujumdan keyin navbatdagi keskinlik kuzatildi. Pokiston va Hindiston bittadan samolyot urib tushirdi.
Yaqindagina Kashmirda sayyohlarga uyushtirilgan qoʻporuvchilik harakati esa yangi, ammo avvalgilarga qaraganda jiddiyroq ziddiyatni keltirib chiqardi. Shu oʻrinda, Nьyu-Dehlining sayyohlarga uyushtirilgan hujumga bergan keskin javobi aniq ortiqcha, chunki hududlarni harbiy va politsiya qoʻriqlash darajasi juda yuqori va terrorchilar guruhi nazorat punktlaridan oʻta olmasligi aniq. Darvoqe, 2016 yildagi shunga oʻxshash voqealar – 17 nafar, 2019 yilda esa 47 nafar hindistonlik harbiyning oʻldirilishida, hujum miqyosi kengroq boʻlganiga qaramasdan, munosabatlar bunchalik keskinlashmagandi. Bu safar ham Dehli hujum ortida Pokiston borligini bot-bot taъkidladi. Ayni paytda, Islomobodning mustaqil xalqaro tergov oʻtkazish chaqirigʻini ham inkor etmoqda. Aslida qoʻporuvchilik harakati ortida Hindiston hukumatining oʻzi turgan boʻlishi mumkin. Shu bahona Nьyu-Deli Kashmir muxtoriyati maqomini bekor qilishni rejalashtirayotgani ehtimoldan yiroq emas.
Chunki bu ikkala davlat ham atom quroliga ega!
Echim bormi?
Kashmir muammosi boʻyicha BMTning pozitsiyasiga kelsak, uning taqdirini referendum hal qilishi kerakligi maъlum boʻladi. Ammo uni qanday oʻtkazish belgilanmagan. Pokiston barcha hududlardagi vaziyatni «hozirgi holati boʻyicha» toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtkazishni nazarda tutadi, Hindistonning talablari esa boshqacha – avval Ozod Kashmir va Gilgit Baltistonni Hindiston yurisdiktsiyasiga oʻtkazish, keyin esa referendum. Bugun xavotirli omil shundaki, 2019 yilda Hindiston Konstitutsiyaning 370-moddasiga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, mamlakatning istalgan qismidan boʻlgan hindu aholi Kashmirda er sotib olish va yashash imkoniyatiga ega. Hozirda bunday koʻchib kelganlar soni 85 mingga yaqinni tashkil etmoqda. Bu kelajakda hindlar uchun qoʻl kelishi, musulmon kashmirliklarga qarshi referendum natijalariga jiddiy taъsir koʻrsatishi mumkin. Demak, Kashmirning etnokonfessiya qiyofasini oʻzgartirishga qaratilgan Konstitutsiyaviy oʻzgartirishlar teraktga sabab boʻlgan birinchi taxmin.
Darvoqe, Pokiston Kashmir muammosini xalqaro deb tan oladi va uni shu darajada hal qilishni talab qiladi; Hindiston esa uni ikki mamlakatning ichki ishi deb hisoblaydi va tashqi tartibga solishdan qoʻrqadi.
Keskinlashuvga qaytadigan boʻlsak, Nьyu-Dehlining asosiy tahdidi Hind daryosi havzasi suvlarini taqsimlashni tartibga soluvchi 1960 yilgi Suv shartnomasining qoidalarini qayta koʻrib chiqish imkoniyatidir.
Demak, Hindiston Pokiston tomonga suv oqimini kamaytirish va unga sunъiy toshqinlar bilan tahdid solishdan tashqari, oʻz hududlarining irrigatsiya sharoitlarini yaxshilash imkoniyatini ham qoʻlga kiritadi: birinchi navbatda – Kashmir va Panjobda. Asosan qishloq xoʻjaligiga ixtisoslashgan Panjob erlarini koʻproq suv bilan taъminlash – Amritsarning Nьyu-Deliga sodiqligiga yana bir vositadir. Shu boisdan Hindiston Hind daryosi va uning irmoqlarida qoʻshimcha irrigatsiya inshootlarini qurishga intiladi. Pokistonga suv berishni cheklashi mumkin.
Vaholanki Pokiston va Hindiston oʻrtasida 1960 yilda ancha murakkab muzokaralar yoʻli bilan «suv bitimi» tuzilgandi, unga koʻra Hind daryosining uchta irmogʻidan Pokiston foydalanadi. Bu kelishuvga doimo rioya qilingan, ammo hozirda Nьyu-Dehli undagi ishtirokini toʻxtatdi. Pokiston uchun esa bu hayot-mamot masalasi, chunki undan elektr energiyasini ishlab chiqarish va qishloq xoʻjaligini sugʻorishda foydalaniladi. Shu sababli mintaqaviy ekspertlar Hindiston va Pokistonning ehtimoliy toʻqnashuvi borasida pessimistik kayfiyatda. Hindistonda suv omilining ahamiyatini yaxshi tushunishadi va qurgʻoqchilik nima ekanligini Suriya misolida koʻrish mumkin edi, u erda aynan suv omili fuqarolar urushi katalizatoriga aylangandi. Demak, Pokiston uchun Hindiston bilan Kashmir masalasini murakkablashtirishning amaliy maъnosi yoʻq. Chunki Islomobod suvsiz qolishi mumkinligini yaxshi biladi. Murakkab iqtisodiy vaziyatni ham hisobga olsak, vaziyat yanada oydinlashadi. Masalaning yana bir tomoni borki, Hindiston bosh vaziri Narendra Modining millatchilik siyosati, musulmonlarga nisbatan tazyiqlari uning “Bxaratiya janata” hukmron partiyasi obroʻsini ancha tushirib yubordi. Soʻnggi parlament saylovlarida avvalgi saylovlarga qaraganda birmuncha kamroq ovoz olishi Modini choralar koʻrishga undamoqda. Xavfsizlikni bahona qilib saylovchilarni oʻziga tortishga urinmoqda.
Ayni paytda, bir qator ekspertlar Hindistonni urushga tortish uchun Pekinning nizoni qoʻzgʻashdagi roli haqida gapirishmoqda. Aslida Qozondagi BRIKS sammitidan keyin Pekin va Nьyu-Deli oʻrtasidagi munosabatlar tiklanmoqda. Ammo Xitoyning Pokistondagi manfaatlari ambitsiyali. Bu erda CPEC loyihasiga ikkinchi hayot berishga urinmoqda, uning bir qismi Gilgit-Baltiston orqali oʻtadi (harbiy harakatlarning ehtimoliy hududi). Nьyu-Dehli Balujistonda vaziyatni izdan chiqarishga urinayotganiga qaramay, xitoyliklar amalda oʻz iqtisodiy zonasida haddan tashqari provokatsiyalarga yoʻl qoʻymaydilar. Asosiysi – Xitoy raislik qilgan yilda ShHT birligiga berilgan zarba Pekinning oʻziga ham, bilvosita Moskvaga ham sezilarli obroʻli yoʻqotishlarga olib keladi. Yana bir toifa ekspertlar AQSh vitse-prezidenti Ji Di Vensning terakt bilan bir vaqtga toʻgʻri kelgan tashrifini esladi. Vens Dehliga harbiy taъminot va Amerika kompaniyalari hamda bir qator ishlab chiqarish korxonalarini Xitoydan Hindistonga koʻchirish masalasini muhokama qildi. Shu nuqtai nazardan, Xitoy Kashmir teraktiga aloqador degan taxminlar bor. Bu bilan Pekin investorlarga Hindiston tinch emas, degan mujdani yoʻllagan boʻlishi ehtimoldan uzoq emas. Noqulay vaziyatga Rossiya ham qoʻshildi. Narendra Modining 9 may kuni Moskvaga gʻalaba kunini nishonlash uchun tashrifi kutilayotgandi, keyinroq Vladimir Putinning Hindistonga tashrifi ham rejalashtirilgan. Darvoqe, Modi uchun Rossiyaga bormaslik uchun qulay pretsedent yaratildi. Gʻalaba kuni arafasida Kashmirdagi vaziyat keskinlashuvi tufayli Modi Moskvaga tashrifni bekor qilish yoʻlini topdi.
Yana bir fikr. Xalqaro kontekstda nizo global kuchlar muvozanatining kengroq transformatsiyasini aks ettiradi. Tramp maъmuriyati davrida AQShning Xitoyga nisbatan agressiv tashqi siyosati boshqa hududlarda ham harakatlarni qoʻzgʻatmoqda. Vashingtonga yaqinlashayotgan Hindiston ochiq nizo yuzaga kelgan taqdirda Amerika yordamiga umid qilishi mumkin, Pokiston esa birinchi navbatda savdo va harbiy texnologiyalar sohasida Pekin bilan aloqalarni mustahkamlamoqda.
Eron omili
Bu oʻrinda Eron omili haqida ham gapirilyapti. Eron tergov uchun oʻz yordamini juda qisqa muddatda taklif qilgan davlatlardan biri boʻldi. Ammo uning oʻzi ham zarba oldi: «Shimol-Janub» transport yoʻlagi uchun ahamiyatli boʻlgan Bandar Abbos portidagi Shahid Rajaei konteyner majmuasi portladi (yoki portlatildi), Hindiston foydalanadigan Chabahor esa zarar koʻrmadi. Aslida Tehronga ham nizo kerak emas. Mamlakat Hindiston va Rossiya bilan munosabatlarni mustahkamlashga, AQSh bilan munosabatlarni normallashtirishga va Isroil bilan ehtimoliy qarama-qarshilikning oldini olishga intilmoqda.
Suv uchun yadroviy urush
Olimlarning fikricha, sayyoramizdagi birinchi yadro urushi suv uchun kelib chiqishi va u Rossiya va AQSh oʻrtasida emas, balki Hindiston va Pokiston oʻrtasida boshlanishi mumkin. BMTning Gamilьtondagi (Kanada) suv zaxiralari, atrof-muhit va salomatlik instituti xodimlari Hindiston yarimorolida ichimlik suvi etishmasligi haqiqatda juda jiddiy muammo ekanligini aytmoqda. Ularning fikricha, Hind daryosi havzasi istalgan vaqtda portlashi mumkin boʻlgan suv "bombasi" hisoblanadi.
Hindiston bilan Pokistonning bir-biriga oʻzaro yadro zarbasini (har ikki tomondan 170 tadan yadroviy raketalar bor) amalga oshirishi, har ikki tomondan 50 tadan raketa otilsa, portlash va oqibatda yuzaga kelgan yongʻinlar va radiatsiya tufayli urushning birinchi haftasidayoq kamida 20 million kishi qurbon boʻladi. Bu, albatta, dahshat. Birinchi jahon urushida bundan oz odam halok boʻlgandi. Lekin atom bombalarning vayronkorlik harakati shu bilan tugamaydi: yongʻinlar, yadro portlashi oqibatida radioaktiv zarralar stratosferaga tushadi. Hisob-kitoblarga koʻra, Hindiston-Pokiston oʻrtasidagi yadroviy mojaro atmosferaning yuqori qatlamiga 5-6 mln tonna radiaktiv materialni chiqaradi; qurum quyosh nurini toʻsib qoʻyadi va Er yuzasidagi oʻrtacha yillik haroratni sezilarli darajada pasaytirib yuboradi. Havoning sovub ketishi oʻnlab yillarga choʻzilishi mumkin. Dunyodagi hozirda mavjud boʻlgan don zaxirasi, dunyo boʻyicha umumiy ehtiyojni uzogʻi bilan 100 kungina qondira oladi. Zaxira tomom boʻlgach, Hindiston va Pokiston oʻrtasidagi yadro urushi oqibatida yuzaga kelgan yadroviy qish sayyoramiz aholisining qariyb uchdan birini ocharchilikka mahkum etadi. Bu ikki milliard kishi deganidir.
Ammo umuman katta urush boʻlishiga ishonchim komil emas – hech qanday katta urush boʻlmasa kerak. Hodisalarning koʻrsatishicha, chegaralarda vaziyat keskinlashadi, ikkala tomon ham «qaergadir» oʻq otadi, hech kim haqiqiy jang harakatlarini olib bormaydi. Nizoning shu darajada qolishi ehtimoli katta. Eng koʻpi – chegara chizigʻida qisqa muddatli jang harakatlari. Katta urushga aylanish imkoniyatini 10–20 foizga baholagan boʻlardim. Har qanday holatda ham, Kashmirdagi vaziyatning keskinlashuvidan manfaatdor kuchlar va aktorlar soni aniq ikkitadan koʻproq: bevosita jalb qilingani esa Hindiston va Pokiston.
Agar Dehli va Islomobod oʻz ambitsiyalarini tiyib tura olmasa, bu nizo misli koʻrilmagan pallaga oʻtishi mumkin.
Abduvali Soyibnazarov,
siyosatshunos