16.05.2025 09:30
104

Hindiston va Pokiston oʻrtasidagi urush: Kim kimni qoʻllab-quvvatlamoqda?

Pekin hukumati Pokistonni terrakt bilan aloqador qilib koʻrsatadigan ayblovlarning oʻrniga Pokiston hukumatining tez va adolatli tarzda tergov oʻtkazish chaqirigʻini qoʻllab-quvvatladi.

Boshqa tomondan, Xitoy Hindiston va Pokiston oʻrtasidagi KAShMIR mojarosining bir parchasi hisoblanadi. Chunki Kashmir — Hindiston, Pokiston va Xitoy oʻrtasida boʻlingan hududdir. Xitoy va Pokiston yaqinlashuvi ham aynan Kashmir orqali sodir boʻlgan.

1963 yilda Pokiston Kashmirning bir qismini Xitoyga topshirdi. Bu holat Hindiston tomonidan qabul qilinmadi va keskin norozilikka sabab boʻldi. Xitoyga Kashmir hududining bir qismini berish orqali chuqurlashgan Xitoy-Pokiston munosabatlari Pekin bilan Dehli oʻrtasidagi masofani yanada qisqartirdi. Kashmir mavzusidagi ushbu tarixiy voqea bugungi kunda Xitoyning Hindiston-Pokiston oʻrtasidagi mojaroga vositachilik qilishiga toʻsqinlik qilmoqda.

Si Szinpin 2013 yilda “Bir kamar, bir yoʻl” loyihasini eъlon qildi. Bu global tashabbusda eng muhim unsurlardan biri — Xitoy-Pokiston iqtisodiy yoʻlagi hisoblanadi. Mazkur yoʻlak orqali Xitoy Gvadar porti orqali toʻgʻridan-toʻgʻri Arab dengiziga chiqish imkoniga ega boʻldi va bu orqali mintaqadagi geostrategik mavqeini yanada barqarorlashtirdi.

Biroq bu yoʻlak doirasidagi ayrim loyihalarning Kashmir hududida amalga oshirilayotgani Hindiston tomonidan salbiy qarshi olindi. Ikki davlat oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalarning chuqurlashuvi esa harbiy va razvedka sohalarida ham oʻzaro hamkorlikka olib keldi. Bugungi kunda Xitoy Pokistonning eng yirik qurol etkazib beruvchisi hisoblanadi.

Nьyu-Dehli hokimiyati esa ikkala tarafning oʻzaro taъlim, harbiy texnikalar savdosi va razvedka maъlumotlari almashinuvi kabi faoliyatlarda kelishuvga erishganligi bois Islomobod va Pekin oʻrtasida yuzaga kelgan chuqur mudofaa va harbiy sheriklikdan xavotir olmoqda. 

Geosiyosiy va iqtisodiy sabablar Xitoyning Pokistondagi faoliyatini belgilab boradi. Islomobod bilan ittifoq Xitoyga Dehliga bosim oʻtkazish va Hindistonning mintaqaviy ambitsiyalarini muvozanatlash imkonini beradi. Biroq kuchli va barqaror Hindistonning mavjudligi, Xitoy manfaatlariga ham batamom toʻgʻri kelmaydi. Xavfsizlik muammolari va kelishmovchiliklarga qaramay, Hindiston Xitoyning eng yirik savdo hamkorlaridan biri hisoblanadi.

Hindistonning ichki bozori Xitoy eksportchilari uchun katta imkoniyatlar yaratadi va Xitoy investorlarining Hindistondagi faoliyati anchadan vaqtdan beri mavjud. Kulgili jihati shundaki, Hindiston va Pokiston oʻrtasidagi ziddiyat aynan Xitoy bilan Hindiston oʻrtasidagi aloqalar yaxshilanayotgan bir davrga toʻgʻri kelmoqda.

Yaqinda ikki davlat chegaradagi keskinliklarni kamaytirish, qoʻshma chegara patrullarini tiklash va toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni qayta yoʻlga qoʻyishga kelishib oldi. Biroq Kashmirdagi mojaro bu ijobiy urinishlarni teskari tomonga burib yuborishi mumkin.

Shu sababli Osiyo mintaqasidagi Xitoy, Hindiston va Pokiston munosabatlari iqtisodiyot, harbiy soha va texnologiya kabi koʻplab jabhalarda oʻzaro chambarchas bogʻlangan boʻlib, munosabatlar mintaqaviy va global oʻzgarishlarning nozik muvozanatlari ustiga qurilgan.

Bu munosabatlarning meъmori va asosiy ijrochisi Xitoydir. Xitoy yillar davomida katta mablagʻ va saъy-harakat bilan shakllantirgan mazkur iqtisodiy, harbiy va razvedka aloqalari ehtimoliy urushda jiddiy  xavf ostida qolishi mumkin.

Muallif: Ramazon Bursa - Eron masalalari boʻyicha mutaxassis, tadqiqotchi va jurnalist.

Mavzuga aloqador