Qurʻʻondagi gʻaybiy xabarlar: Abu Lahabning kofir holida oʻlishi
Abu Lahabning kofir holida oʻlishi
“Abu Lahabning qoʻllari qurisin (halok boʻlsin)! Halok boʻldi ham. Mol-mulki va topgan-tutgani (boyliklari) unga asqotmadi. Yaqinda (u) alangali olovda kuyajak. Shuningdek, oʻtin tashuvchi xotini ham. Boʻynida puxta eshilgan arqoni ham boʻlur” (Masad surasi, 1–5-oyatlar).
Asl ismi Abduluzzo boʻlgan bu kimsaga Qurʻʻoni karim “Alangali olovning otasi” maʻʻnosidagi “Abu Lahab” ismini berdi. Xotini Ummu Jamil har kecha tikanli shoxlarni toʻplab, dastalar, boʻyniga ortgancha Paygʻambar alayhissalomning oyoqlariga botsin, ozor cheksin deya u zot yuradigan yoʻllarga sochib chiqardi.
Bu ikkovining musulmonlarga etkazgan ranju zulmlari haqida koʻp yozilgan. Shu sababli biz quyida mazkur suradagi gʻoyibdan berilgan xabar va uning toʻgʻri chiqqani haqida gaplashamiz.
Masad surasi Abu Lahab va xotinining mushrikligicha oʻlishini bayon etdi va shunday boʻldi ham. Bu esa gʻaybdan xabar berishdir. Oddiy odam gʻaybni, kelajakni bilmaydi, kimlarningdir oqibatini ham belgilolmaydi. Modom shunday ekan, kelajakdan xabar etkazgan Qurʻʻon Allohning kalomidir.
Endi mazkur dalilga biroz chuqurroq toʻxtalamiz. Qurʻʻoni karim Abu Lahab va xotini imonsiz oʻlishini hamda jahannamga tushishini bildirdi. Qurʻʻon Allohning kitobi ekanini tan olmaydigan inkorchi kimsa bu savollarga qanday javob beradi:
1. Abu Lahab Masad surasi tushganidan etti yil oʻtgach, vafot topdi. Yaʻʻni mazkur suraning oyatlari Abu Lahab oʻlim toʻshagida yotganida nozil qilinmadi. Bilʻʻaks, uning etti yildan keyingi oqibatini bayon etdi. Agar Qurʻʻon Allohning kitobi boʻlmasa, oddiy odam Abu Lahabning kofir holida oʻlishini qaerdan bilgan?
2. Boshida Islomga dushmanlik qilgan odamlar keyinchalik bitta-bitta musulmon boʻlishdi va Paygʻambar alayhissalomga bayʻʻat berishdi. Ularning orasida moʻminlar bilan urushgan Xolid ibn Valid, Abu Sufyon, Amr ibn Os kabi zotlar, hazrat Hamzani oʻldirgan hazrat Vahshiy va hazrat Hamzaning yuragini sugʻurgan hazrat Hind ham bor edi. Hammalari tavba qilishdi va “hazrat”, “sahoba” maqomi bilan eslanadigan insonlar orasidan joy olishdi. Abu Lahab va Ummu Jamilning qoʻlida ham tabiiy ravishda shunday imkon yoʻq emasdi. Biroq Qurʻʻon tili bilan er-xotinning kofirlikda oʻlishi eʻʻlon qilindi. Qiziq, hazrat Muhammad sollallohu alayhi va sallam Allohning paygʻambari va Qurʻʻon Allohning Kitobi boʻlmasa, Abu Lahab va xotinining xunuk yakunini qaerdan bildilar?
3. Oqil kishi oʻzini yolgʻonchiga chiqaradigan masala yuzasidan daʻʻvo qilib chiqmaydi. Mavzu gʻaybga oid boʻlsa, ogʻiz ham ochmaydi. Bir oʻylab koʻring, Qurʻʻoni karim: “Abu Lahab va xotini imonsiz ketadi”, demoqda. Agar bu ikkisidan bittasi: “Men tavba qildim, musulmon boʻldim”, desaydi, Qurʻʻonning xabari yolgʻonga chiqardi. Hatto munofiqlik bilan “imon keltirdik”, deb qoʻyishsa ham, Qurʻʻonning va Paygʻambarimiz sollallohu alayhi va sallamning durustliklari zadalanardi. Yaʻʻni Qurʻʻon “kofirligicha oʻladi”, deb turgan joyda ular musulmonligini daʻʻvo qilsa, Qurʻʻonning bu xabarini qanday izohlardingiz? Shunday jiddiy holatda Qurʻʻon Abu Lahab va xotini kufrda oʻladi dedi va bu xabar etti yil oʻtib haqiqatga aylandi. Agar Qurʻʻon Allohning kalomi emas, odamzot toʻqib chiqargan kitob boʻlganida, oʻsha odam yolgʻoni ochilib qolishini bilaturib, shunday daʻʻvo bilan chiqarmidi? Albatta yoʻq! shunday ekan, bu xabarni va uning tasdigʻini Qurʻʻon Allohning Kitobi ekanligidan boshqa nima bilan izohlaysiz?
Qurʻʻon “kofirligicha oʻladi” dedi va etti yilda bu amalga oshdi. Ashaddiy dushmanligiga qaramay, shunchaki boʻlsa ham, “imon keltirdim”, deya olmayapti. Yolgʻondan boʻlsa ham imon soʻzini talaffuz qilolmayapti. Buni bilish faqat va faqat zamondan munazzahlik, butun zamonu makonlardan bir vaqtda xabardorlikdan kelib chiqadiki, bu sifat ham Alloh taolodan boshqasiga xos emas.
Oyatlarda Abu Lahab va xotinining mushrik holida oʻlishi aytilgani va bu ishning sodir boʻlishini dalil sifatida keltirib aytamizki, Qurʻʻon gʻayblarni eng yaxshi bilgan Allohning kalomidir.