Qurʻʻondagi gʻaybiy xabarlar: Firʻʻavnning gʻarq boʻlishi (video)
“Sizlar sababli (oʻtib olishlaringiz uchun) dengizni (oʻn ikki yoʻlakka) boʻlib, sizlarni qutqarganimiz, koʻz oʻngingizda Firʻʻavn lashkarini gʻarq qilganimizni ham eslang” (Baqara surasi, 50-oyat);
«Bas, (Biz) ulardan “oʻch oldik” –
oyatlarimizni yolgʻonga chiqarganlari va ulardan gʻaflatda boʻlganlari sababli ularni
dengizga gʻarq qildik» (Aʻʻrof surasi, 136-oyat);
“(Bu) Firʻʻavn zodagonlari va
ulardan oldingilarning holatlari kabidirki, (ular) Parvardigorlarining
oyatlarini yolgʻonga chiqarishgach, (shu) gunohlari sababli ularni halok etdik
va Firʻʻavn zodagonlarini (suvga) gʻarq qildik. Hammasi zolim edilar”
(Anfol surasi, 54-oyat);
“Shunda (Firʻʻavn Muso va uning qavmini) u
erdan qoʻzgʻatmoqchi boʻlganida, Biz uni (Firʻʻavnni) va u bilan birga
boʻlganlarning barchalarini (dengizga) gʻarq qildik” (Isro surasi,
103-oyat);
«Bas,
qachonki, ikki jamoa bir-birini (uzoqdan) koʻrgach, Musoning hamrohlari: “Bizlar aniq tutildik”,
dedilar. (Muso) aytdi: “Yoʻq, men bilan birga Parvardigorim bor. Albatta, U meni
(xavfsiz) yoʻlga boshlar”.
Bas, Biz Musoga: “Asoying bilan dengizni urgin!” deb vahiy yubordik. Bas, (dengiz) boʻlinib, har bir boʻlak
(suv balandga koʻtarilib) ulkan togʻ kabi boʻldi. Boshqalarni (Firʻʻavn va
uning lashkarini ham) oʻsha (yoʻl)ga yaqinlashtirdik. Muso va u bilan birga
boʻlganlarning barchalarini (Firʻʻavn taʻʻqibidan) qutqardik. Soʻngra
boshqalarni (dengizga) gʻarq qilib yubordik» (Shuaro surasi, 61–66-oyatlar).
Qurʻʻoni karim mazkur oyati karimalar orqali
Firʻʻavnning oqibati haqida xabar bermoqda. Lashkari bilan birga dengizga gʻarq
boʻlganini bildirmoqda. Endi esa boshqa bir oyatga diqqat qarataylik: “Siz
ilgari biror kitobni tilovat qiluvchi emas edingiz va qoʻlingiz bilan xat ham
yozgan emas edingiz. Aks holda buzgʻunchilar, albatta, shubhaga tushgan boʻlur edilar”
(Ankabut surasi, 48-oyat). Bu erda ochiq bayon etilganidek, Paygʻambarimiz
alayhissalom oʻqish-yozishni bilmasdilar. Shunday boʻlaturib, oʻzlaridan necha asr
oldin yashagan Firʻʻavn va uning dengizga gʻarq boʻlgani haqidagi xabarni qaerdan
oldilar? Mayli, buni keyinroqqa qoldirib, boshqa savolga oʻtaylik: Firʻʻavn rostan
ham choʻkib oʻlganmi? Uning halokatiga doir Qurʻʻoniy maʻʻlumotni tarix ham
tasdiqlaydimi?
Buyuk
Britaniyadagi Britaniya muzeyida, Firʻʻavn zamonidan qolgan 6-raqamli Misr
papirusidagi yozuvda shunday jumlalar bor: “Saroy oq xonasining qoʻriqchisi,
kitoblarining raisi Amenamonidan kotib Penterxorga:
Bu
maktub qoʻlingizga etib borganida va boshdan-oyoq oʻqilib, gʻarq boʻlishdek qaygʻuli
falokatdan xabar topganingizda qalbingizni boʻronda qolgan yaproq misoli shiddatli
iztirobga topshiring. Musibat unga toʻsatdan va muqarrar ravishda tushdi. Suvdagi
uyqu jonzotni nochor holga soldi.
Boshliqning oʻlimini, qavmlar raisi, sharqu gʻarb qirolining mahv boʻlishini
tasvirlang. Sizga yuborgan xabarimni boshqa qaysi xabar bilan qiyoslash mumkin?”
Mazkur
matnda Misr Firʻʻavnining dengizga gʻarq boʻlgani ochiq aytilmoqda. Yaʻʻni 6-raqamli
Misr papirusi Qurʻʻonda kelgan xabarni tasdiqlayapti. Shunday ekan, boshdagi
savolimizga qaytamiz: birorta harfni yozmagan, oʻqimagan odam oʻzidan asrlar avval
yashab oʻtgan kishining halokatini qaerdan bildi? Agar Qurʻʻonni Allohning Kitobi
deb qabul qilmasak, bu soʻrovga qanday javob beramiz? Yoki “tasodif” deya qutulamizmi?
Yoʻq, tasodif deyish javob oʻrnini bosmaydi. Mazkur savolning javobi bor va
quyidagicha: Qurʻʻoni karim azaldan abadgacha butun zamonlardan xabardor Alloh
taolo tomonidan nozil qilingan Kitobdir. Haq taolo oʻtmishda boʻlgan va kelajakda
yuz beradigan hodisalarni Qurʻʻoniy moʻʻʻjiza sifatida oyati karimalarda bildirdi.
Qurʻʻon
Allohning Kitobi ekanligini inkor qiladiganlar oyatlarda moʻʻʻjizaviy tarzda
keltirilgan Firʻʻavnning gʻarq boʻlishi haqidagi va yana boshqa gʻaybiy xabarlarni
nima deb ochiqlashadi? Qurʻʻon Allohning Kitobi deya tan olmaslik haqiqatga koʻz
yumish va haqni inkor etishdir. Gʻaybiy xabarlarining toʻgʻriligi Qurʻʻon Allohning
Kitobi va kalomi ekanligining tasdigʻidir.