“Alloh eng yaxshi rizq beruvchidir”
Inson umrida shunday holatlar, shunday davrlar boʻladiki, ana shu paytda kishi agar biror bir nomaъqulchilikka qarshi chiqadigan boʻlsa, rizqini etkazayotgan vositalardan ayrilib qolishdan qoʻrqadi. Shu tariqa kimdir mansabidan ayrilib qolishdan, yana kimdir rizq topish qiyinlashib qolishidan qoʻrqadi. Shayton uning qalbiga mana shu qoʻrquvdan iborat vasvasa urugʻini ekishga harakat qiladi. Bu narsa bandaning Alloh taoloning bu boradagi koʻrsatmalari va vaъdalarini eslashiga toʻsqinlik qiladi.
Alloh taolo Qurъoni karimda shunday marhamat qiladi: “er yuzida jonzot borki, ularning rizqi Allohning zimmasidadir”, (Hud surasi, 6 oyat). Ushbu oyat bizga Alloh taoloning er yuzidagi har bir jonzotning rizqiga kafil ekanini bayon qilmoqda. Shunday ekan, ushbu vaъda insonni ham qamrab oladi. Shubha yoʻqki, Alloh taolo nimaga kafil boʻladigan boʻlsa, u narsaning egasiga etib borishiga hech kim monelik qila olmaydi. Kimdir mansabidan ayriladigan boʻlsa, kimnidir rizq topishi qiyinlashadigan boʻlsa, bu, oʻsha kimsaning rizqi kesildi degani emas. Chunki uning rizqi mansabiga bogʻlab qoʻyilmagan. Alloh taolo vaъdasini yuzaga keltirishni, rizqni etkazishni istagan onida buning yoʻllarini ham ochib qoʻyadi.
Yana Qurъoni karimda Alloh taolo shunday deydi: “oʻz rizqini koʻtara olmaydigan qanchadan-qancha jonzotlar bor. Ularga ham, sizlarga ham Alloh rizq beradir”, (Ankabut surasi, 60 oyat). Oʻzining rizqini toʻplay olmaydigan, topa olmaydigan, ertangi kuni uchun gʻamlay olmaydigan qanchadan-qancha jonzotlar bor. Lekin shu zaifligiga qaramay, Alloh taolo unga rizqini etkazib qoʻyadi, rizqini topishni osonlashtirib qoʻyadi. Shunday ekan, ey insonlar, aslida sizlarni rizqlandirayotgan – Allohdir. Rizqingizni topishda unga tavakkal qilinglar.
Yana Qurъoni karimda Alloh taolo shunday marhamat qiladi: “Kim Allohga taqvo qilsa, uning yoʻlini ochib qoʻyadir. Va unga oʻzi oʻylamagan tarafdan rizq berur”, (Taloq surasi, 2-3 oyatlar). Yaъni, kim Alloh belgilagan chiziqlarni bosmay, uning buyruqlari va qaytariqlariga amal qilsa, Alloh taolo u uchun qiyin vaziyatidan chiqarib oladi. Uning aqliga kelmagan, u hisobga olmagan tomondan uni rizqlantiradi.
Abdulkarim Zaydon, “Qurъon qissalaridan olinadigan foydalar” kitobi