“Chinnigul va tikan” – Yahyo Sinvar (qissa, 18-qism)
Onam ularga «Nima xohlaysizlar?!.
Nima kerak sizlarga..?! Nima xohlaysizlar bizdan?!» deya baqira ketdi.
Zobitlarning biri toʻgʻri akamga yaqinlashib, savol-javob qila boshladi:
- Mahmud
senmisan?
- Ha, menman
Mahmud!
- Sen bilan
mahkamaga borishimiz kerak. Ozgina suhbat oʻtkazamiz,
xolos.
Onam dodlay boshladi:
- Nima
xohlaysizlar oʻzi?! U endigina Misrdan keldiku axir?!
- Mahkamada
suhbat oʻtkazishga chaqirishyapti. Ertalab qaytib keladi.
Zobitlar Mahmud akamga oʻzlari bilan birga yurishini aytishdi, akam kiyimlarini almashtirib
chiqmoqchiligini aytsa ham, koʻnmay olib ketishdi. Onam ham birga bormoqchi edi, yoʻlini toʻsib, eshikni
oʻzlari yopishdi. Tashqarida to mahalladan chiqib ketgunlariga qadar moshinalar ovozi
eshitilib turdi. Oʻsha
kecha uyqu totmadik. Onam tuni bilan yigʻlab chiqdi. Shoʻrlik ich-ichidan ezilardi:
-Men bechoraga xursandchiligimni ham tottirishmadi-a.
Fotima opam bilan Hasan akam: «Bir necha
savollar soʻraymiz, keyin ertalab uyga qaytadi, deyishdiku», - deb onamni yupatmoqchi boʻlishardi.
- Oh... Savol... Yana qancha savollari bor bularning... Shu savolini kunduzi chaqiruv qogʻozi yuborib
soʻrashsa boʻlmasmidi...
Yuragimni yormasdan...
Yana qancha savoli bor bularning...
Ey Xudoyim... Shoʻrim
qurisin! Eh...
Mahmud, Mahmud...
Nima qilganding? Nimalar qilganding, jon bolam?..
Tunni shunday oʻtkazdik. Tong otib, karantin vaqti tugashi bilanoq onam Hasan
akamni olib,
mahkamaga yoʻlga tushdi.
U erga borib, ichkariga
kirmoqchi boʻlganida, eshik oldidagi qoʻriqchilar qoʻyishmadi. Onam boʻlgan hodisani
aytib, tushuntirishga urunardi. Ammo ular arab tilini tushunmagani uchun faqat yodlab olishgan ibora bilan «Ruh
min hoʻn», yaʻʻni «Ket bu erdan!» deyishardi, xolos. Hijolatli vaziyatni
koʻrgan Hasan akam onamni tushunishmayotganini, baribir zobitlar kirishga ruxsat bermasliklarini, undan
koʻra yoʻlning narigi betida Mahmud akamning chiqishini kutib turishlari yaxshi fikr ekanligini aytib, uni koʻndirdi. Ikkisi
mahkama eshigining roʻparasida oʻtirisharkan, soat ketidan soatlar oʻtsa ham Mahmud
akam chiqmasdi. Toqati toq boʻlgan
onam har gal yana kirishga uringanida
Hasan akam shashtidan qaytarib, kutishga koʻndirardi. Biz esa uyda qolib, onam va
Hasan akamlar Mahmud akam hamrohligida uyga kirib kelishlarini kutib oʻtirardik.
Oʻsha kunning shom vaqtiga yaqin onam bilan Hasan akam ikkisi oyoqlarini sudrab,
yuzlarida mahzunlik bilan kirib kelishdi. Onamni avvallari bu kabi ogʻir ahvolda
koʻrmagandim. Oʻta kuchli mahzunlikda kirib kelganlaridan savolga oʻrin qolmagandi.
Lom-mim deya olmadik.
Yopinchiqlarimizni
yuzimizning yarmigacha koʻtarib, jim yotardik. Hasan akam onamning yoniga kelib oʻtirdi va ertangi kun rejasi
haqida gapirib, onamga tasalli berdi:
-Xudo xohlasa, ertaga biror advokat yollayman. «Qizil Hoch»dagilarni ham bu ishdan xabardor qilaman.
Onam oʻzi ham birga borishini aytib, rozi boʻldi.
Erta tongda rejalashtirgan ishni amalga oshirish uchun yana koʻchaga
otlanishdi. Bir advokat yonlab, «Qizil Hoch» tashkilotiga ham xabar berishdi. Koʻp yugurishlar ortidan faqat kutishdan boshqa chora yoʻqligini
anglagandik. Bir oysiz hech qanday maʻʻlumot ololmadik. Faqat kutish, kutish va yana
kutish kerak boʻldi. Boshidagi
qora kunlar oʻta ogʻir oʻtdi. Biz gʻazoliklar
musibat qanchalar katta boʻlmasin, moslashishga koʻnikib ketganmiz. Boshida biroz sabr qilsak, soʻng oldingi musibatlar kabi moslashib
ketaverardik. Bu ish ortidan hamma rejalarimiz havoga uchgandi. Hasan akam
savdo-sotigʻi davom ettirdi,
men va Muhammad akam togʻamning korxonasidagi tozalovchiligimizni.
Kun ora onam Hasan akamni olib, «Qizil Hoch» jamgʻarmasi
borib, Mahmud akamdan biror
yangilik bormi, yoʻqmi surishtirishardi. Shu hafta, keyingi hafta, oʻn kundan keyin
kabi vaʻʻdalardan bir oy oʻtib, advokatimiz nihoyat Mahmud akamning ishi mahkamaga topshirilishini aytdi. Aftidan, qoʻyilayotgan ayblov qoʻrqadigan
darajada katta emasligini ham aytib, bizni xotirjam qilishga urindi. Yana ikki-uch hafta
kutsak, ish bir tarafga hal boʻlishini bildik. Ikki hafta oʻtib, Mahmud akam mahkamaga yuborildi, u erda ish yana ikki oyga
choʻzdirildi.
Yana ikki hafta oʻtib, «Qizil Hoch»dagilar Mahmud akam bilan har oyda
bir marta Gʻazo markazidagi qamoqxonada uchrashishimiz mumkinligini aytishdi. Kelasi
oy boshidan - juma
kunining erta tongidan ziyoratiga borishimiz mumkin ekan.
Hasan akam oʻn birinchi sinfni yakunlagan edi. Uni chetga
yuborishni oilaviy sharoitimiz
koʻtarmagani sababli xayriya
tashkilotlariga qarashli
oliygohning «Sanoat» kollejiga
kirib oʻqishga rozi boʻldi. Shunday qilib, «Chilangarlik» boʻlimiga qabul qilindi. Shu yilning
avvalidan oʻqishni boshlashi lozim edi. Agar ulgurib qolsa, ikki yildan keyin «Sanoatchi» diplomi bilan
bitirardi.
Davomi
bor...