Chin
Yahudlar
Xalil yoki oʻzlariniki qilib olgan Toʻlkurm va Qalqaliya kabi shaharlarga yaqin
shaharga kelib, ehtiyoji boʻlgan mahsulotlarini xarid qila boshlashdi. Temirchi yo
duradgorga borib, yuzlab eshik yoki minglab derazalar buyurtma qilishardi. Chunki oʻsha
erlarda Isroil korxonalariga nisbatan arzonroqqa sotib olsa boʻlardi.
Falastinlik hunarmandlar boʻlsa, mahsulotlarni ulgurji olib, yaxshigina pulga
sotishardi. Natijada oʻzlari ham ishli boʻlardi, hamyurtlarini ham ish bilan
taʻʻminlashardi.
Bir
tomonda aholining moddiy ahvoli yaxshilanayotgan boʻlsa, boshqa tomonda fidoyilar
jangovar harakatlarini toʻxtatmas, toʻlqin kabi bir koʻtarilib, bir tushib faoliyat
olib boraverardi. Sababi, ular hech qachon moddiy koʻrinishga aldangan emaslar. Har
doim vatan ravnaqi hamda zimmalaridagi vojib vazifani his qilib yashaganlar. Vaziyat
taqozosiga koʻra har kimga uzr topilishi mumkin boʻlsa-da, hali u erga granata
otib, hali bu erni oʻqqa tutib, fidokorona harakatlarida bardavom boʻlishgan.
Karantin ham hali u erda, hali bu erda joriy qilinib, bezor boʻlmasdi. Fidoyilarni
qoʻlga olish boʻyicha ishlar ham tugamasdi. Kezi kelganda soatlab yoʻlovchilarning
yoʻllarini toʻsib qoʻyib, tekshiruvlar olib borishardi. Fidoyilar boʻlsa,
bosqinchilarga yaltoqlangan, sotqin erkak yoki ayollarni aniqlab, ularni tiyib
qoʻyishdan toʻxtamasdilar.
Minglab
falastinliklarning 1948 yili bosib olingan erlarga ishlashga borishi fidoyilar
uchun oʻsha ishgʻol etilgan shahar-qishloqlar markazida ham faoliyat olib borish eshigini
ochgandi. Ha, bu - qarshi kurash uchun ochilgan eshiklardan biri boʻldi.
Qoʻshnimiz
Ummu Abd xolaning oʻgʻli Abdulhafiz foydasi kam, lekin qiyinchiligi koʻp ishlardan bezor
boʻlganini aytib, oʻqishni tashladi va opa-ukalarining kelajagi, tahsil olishlari
uchun ichkariga (bosib olingan hududlarga – Azon Global) borib ishlamoqchiligini
aytdi. Onasi rozi boʻldi. Abdulhafiz ham endi qolgan minglab odamlar singari
ertalab ketib, kech qaytadigan boʻldi. Ish boshlaganiga bir necha oy oʻtib,
darvozasini tuzukrogʻiga almashtirdi. Amal-taqal qilib koʻtarilgan devorlarini ham
oʻnglatdi. Hovlisiniesa beton bilan tekislatdi. Abdulhafiz ikki yil ishlagach, u
erda ishlashdan maqsadi shunchaki oilaviy sharoitni yaxshilashgina boʻlmaganini angladik.
Abdulhafiz «Halq fronti» guruhiga aʻʻzo boʻlgan ekan. U erda ishlashdan asosiy
maqsadlardan biri - ichkarida fidoyi amaliyotlarini rejalashtirish boʻlgan ekan.
Chindan ham, yangi muhitni yaxshilab oʻrganib, moslashgach, ovqat idishiga granata
solib olib, Yafaga borarkan. U erda muayyan oʻrinlarga oʻrnatib, uyiga qaytar,
rejalashtirgan ishlari natijasi oʻlaroq dushman talofatlar koʻra boshladi. Abdulhafiz
ikki yil shu zaylda muvaffaqiyatli amaliyotlar oʻtkazib keldi. Biroq Shin-Bet maxfiy
agentlarining surishtiruvlari natijasida Abdulhafiz shubha markaziga tushib qoldi.
Kechalarning birida bir gala harbiy moshinalar kelib, Abdulhafizning uyini oʻrab
oldi. Qattiq tintuvdan soʻng oʻzini mahkamaga olib ketishdi. U erda qanchali
qiynoqqa solishmasin, ustiga qoʻyilayotgan ayblovlar tuhmat ekanligini aytib, inkor
qilib turavergan. Biroq oʻshanda Abdulhafizdan tashqari uning bir sherigi ham qoʻlga
olingan ekan. Oʻsha sherigi eʻʻtirof etgan ishlar asos qilib koʻrsatilib, bir yarim
yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
***
Oʻquv mavsumi
oxirlab borar, Mahmud akamning oʻqishdan qaytishini intizor kutayotgan oilasi
«Qizil Hoch» tashkiloti qarorgohiga borib, Misrda tahsil olayotgan talabalarning
qachon taʻʻtilga qaytishini soʻrab kelishardi. Mahmud akam keladigan kuni hammamiz tashkilot
binosi oldiga chiqdik. Ular avtobusda bir harbiy «Jip» mashinasi hamrohligida
kirib kelishdi. Soʻng pasport nazoratiga kirib chiqishib, yaqinlari bagʻriga otilishdi.
Musofirlikni boshidan oʻtkazgan muhojir talabalar qarshi olgan yaqinlari bilan
uylariga ketishdi. Biz ham Mahmud akamni kutib turgandik, u chiqib kelib,
hammamiz bilan quchoqlashib koʻrishdi. Onamning peshonasidan oʻpdi. Onam esa unga
faxrlanib boqardi. Oʻsha ondayoq Mahmud akamga ehtirom koʻrsatib, «Bosh muhandis» deya
murojaat qildi. Bir yillik ayriliqdan keyingi visolni nishonlash uchun oilaviy
sharoitimiz tang boʻlishiga qaramay, onam turli-tuman eguliklar hozirlagandi.
Mahmud akam biz uchun Misrdan sovgʻa qilib paxtali yangi liboslar olib kelgan
ekan.
Oʻshanda
ilk bor yangi libosning hidini, ushlaganda qanday mayin boʻlishini his qilganmiz.
Ungacha undan-bundan qolgan eski-tuski liboslarni yoki xayriya jamgʻarmasi
tomonidan beriladigan kiyimlarni kiyardik.
Davomi
bor...