05.09.2025 17:08
305

“Nega musulmonlarning atom bombasi boʻlmasin?”



AQSh markaziy razvedkasi uni Usoma bin Lodindan ham xavfliroq shaxs deb atadi.

Isroil josuslik agentligi Mossad uni oʻldirish uchun maxsus guruh tuzdi.

Bu inson Pokistonni yadroviy derjavaga aylantirgan, hayoti afsonaga aylangan shaxs Abdulqodir Xon edi.

1974 yilda Hindiston oʻzining ilk yadroviy sinovini oʻtkazdi. Pokiston esa shunchaki tomoshabin boʻlib turmadi, darrov ishga kirishdi.
Oʻsha paytda mamlakat bosh vaziri boʻlgan Zulfiqor Ali Bxutto shunday degan edi: “och qolsak ham, oʻt chaynasak ham, oʻz yadro qurolimizni yaratamiz. Nasroniylarning, yahudiylarning va mana endi hindularning ham bunday quroli bor. Nega musulmonlarda boʻlmasin?”

Bu soʻzlar jarayonning boshlanishi edi.

1976 yilda Niderlandiyada yadroviy texnologiya ustida ishlayotgan pokistonlik fizik olim Abdulqodir Xon kutilmaganda vataniga qaytdi va maxfiy ravishda boyitilgan uran ishlab chiqaruvchi laboratoriya tashkil qildi.

Jarayon yillar davomida mutloq sir tutilgan. Hatto Benazir Bxutto ham Kahuta yadroviy markaziga kira olmagan. Kerakli jihozlar esa soxta kompaniyalar orqali “tekstilь fabrikasi” uchun olib kelinayotgandek koʻrsatilgan.

1979 yilga kelib sirlar fosh boʻldi. Dunyo larzaga tushdi. Niderlandiya Abdulqodirni “josuslik”da aybladi. Bosqinchi isroil esa keskin norozilik bildirdi.

Biroq Abdulqodir Xon tushkunlikka tushmadi. U Pokistonning ham oʻz yadroviy quroli boʻlishini juda xohlardi.
U dunyo hukmdorligini daъvo qilayotgan mustamlakachilar va ularning xalqlarni ezishidan kuyinardi. 

“Bu pastkashlar oʻzini butunjahon posboni deb oʻylayaptimi?” der edi u.

Tabiiyki, isroilliklar musulmon bir mamlakatning qoʻlida bomba boʻlishidan qoʻrqardi.

AQSh Pokistonga nisbatan sanktsiya qoʻlladi. Mossad esa dasturga zarba berish uchun suiqasdlar uyushtirdi. Hatto uning Evropadagi hamkor kompaniya rahbarlariga ham bomba solingan qutilar yuborish bilan tahdid qildi.

Sionistlar Hindiston bilan hamkorlikda F-16 va F-15 samolyotlari yordamida Pokiston hududiga zarba berishni ham koʻzlashardi.

1998 yil 11 mayda Hindiston yadroviy jangovar kallaklarini sinovdan oʻtkazgach, Pokiston ham Balujiston choʻlida oʻz yadroviy qurolini muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazdi.

Shu tariqa, Pokiston dunyoda ettinchi yadroviy davlat boʻldi. Abdulqodir Xon esa 250 mln odam uchun milliy qahramon sifatida tanildi.

Musulmon davlatga texnologiya berish jinoyat emas, deya qatъiy taъkidlagan Abdulqodir Xon 2021 yil, 85 yoshida hayotdan koʻz yumdi.

Mavzuga aloqador