09.04.2025 12:17
142

Yangi pandemiya boʻladimi?


Jahon sogʻlikni saqlash tashkiloti dunyoni yangi pandemiyadan ogohlantirdi. 
“Kelajakda yangi pandemiyaning paydo boʻlishi “nazariy xavf emas, balki “epidemiologik aniqlik”dir, - dedi Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Bosh direktori Tedros Adhanom Gebreesus.
Pandemiyaning oldini olish boʻyicha Hukumatlararo muzokaralar yigʻinida JSST rahbari yangi pandemiyaning muqarrarligini taъkidladi.
Rahbarga koʻra, bu ehtimol kelgusi yaqin 20 yil ichida roʻy berishi mumkin.
“Har qanday holatda ham, biz tayyor turishimiz kerak", dedi Gebreesus oʻz nutqida.
Shuningdek, JSST rahbari 7 million inson hayotiga zomin boʻlgan koronavirus epidemiyasi oqibatlarini esladi.
JSST ning havotirli taxminlariga koʻra, bu gal qurbonlar soni 20 millionga etishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz,  2019 yil dekabrь oyida Xitoyda boshlangan koronavirus qisqa vaqt ichida dunyoga tarqalgan edi. 2020 yil mart oyida JSST COVID-19ni pandemiya deb eъlon qildi.
2023 yilning may oyida JSST pandemiya tugaganini eъlon qildi.

Mavzuga aloqador