30.11.2024 08:23
Yana bir Afrika davlati Frantsiya bilan harbiy hamkorlikni bekor qildi
Chad hukumati Frantsiya bilan uzoq yillardan beri amalda boʻlgan xavfsizlik va mudofaa sanoati sohalarida hamkorlik shartnomasini bekor qildi. Mamlakatda frantsuz harbiylari mudofaa kuchlari sifatida xizmat olib borar edi.
Chad hukumati Frantsiya bilan 2019 yilda yangilangan xavfsizlik va mudofaa sanoati sohasida hamkorlik shartnomasini bekor qilganini maʻʻlum qildi. Chad Tashqi ishlar vazirligi tomonidan qilingan yozma bayonotda kelishuvni bekor qilish qarori milliy va xalqaro jamoatchilikka maʻʻlum qilingani bildirildi.
Bayonotda ushbu qaror Chadning 66 yillik mustaqillikdan soʻng toʻliq suverenitetini eʻʻlon qilish va strategik sheriklik munosabatlarini milliy ustuvorliklarga muvofiq qayta belgilash jarayonining bir qismi ekanligi taʻʻkidlandi. Unda qayd etilishicha, Chad hukumati kelishuvni bekor qilish jarayonida belgilangan shartlarga rioya qiladi va Frantsiya hukumati bilan uygʻun oʻtishni taʻʻminlash uchun hamkorlik qiladi.
Chadning mazkur qarori ikki davlat oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarga taʻʻsir qilmasligi, Frantsiya bilan umumiy manfaatlarga ega boʻlgan boshqa sohalarda konstruktiv hamkorlikni davom ettirishga qatʻʻiylik taʻʻkidlandi. Hukumat, shuningdek, Frantsiyaga kelishuv doirasida hozirgacha koʻrsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirdi va yangi hamkorlik modellari ustida ishlashga ochiq ekanliklarini bildirdi.
Eʻʻtiborlisi, ushbu qaror Frantsiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barrotning Chad prezidenti Muhammad Idris Debi Itno bilan uchrashuvidan bir kun oʻtib qabul qilindi.