Yaman Qurolli Kuchlari AQSh harbiy kemalariga hujum uyushtirganini maъlum qildi
2025 yil 16 mart – AQShning Yamanga qarshi ochiq harbiy tajovuziga javoban, Yaman Qurolli Kuchlari Qizil dengizning shimolida joylashgan USS Harry Truman aviatashuvchi kemasi va uning harbiy eskort kemalariga qarshi yirik hujum amalga oshirganini eъlon qildi.
Rasmiy bayonotga koʻra, Amerika qoʻshinlari soʻnggi soatlarda Yamanning Sano, Saada, Al-Bayda, Hajja, Damar, Marib va Al-Javf viloyatlariga 47 dan ortiq havo hujumini amalga oshirgan. Ushbu bombardimonlar natijasida oʻnlab fuqarolar halok boʻlgani va yaralangani xabar qilinmoqda.
Husiylar ushbu tajovuzga javoban 18 ta ballistik va qanotli raketalar, shuningdek dronlar yordamida AQSh harbiy kemalariga aniq hujum uyushtirganini tasdiqladi. Harbiy operatsiya raketa kuchlari, dronlar va dengiz boʻlinmalari tomonidan muvofiqlashtirilgan holda amalga oshirilgan.
Qurolli Kuchlar rahbariyati mamlakat hududiy yaxlitligi va mustaqilligini himoya qilish maqsadida Qizil va Arab dengizlaridagi barcha Amerika harbiy kemalarini nishonga olishni davom ettirishini maъlum qildi. Shuningdek, Gʻazo sektorini qamal qilishda ishtirok etayotgan isroillik va Amerika kemalarining ushbu hududga kirishi taqiqlanishi taъkidlandi.