Xusiylar hujumlaridan soʻng Isroil oʻz portlariga kemalar jadvalini yashirishni buyurdi
Isroilning Globes iqtisodiy yangiliklar sayti xabariga koʻra, Isroil Milliy xavfsizlik kengashi mamlakatdagi portlarga kemalarning kelishi va ketishi haqidagi maʻʻlumotlarni oʻz saytlaridan oʻchirish uchun «shoshilinch» koʻrsatma bergan.
“Kelajakda bu koʻrib chiqilishi kerak boʻlmagan muammo emasligi
aniqlashganida,
avvalgi holatga qaytish mumkin boʻladi”, - deyiladi kengash koʻrsatmasida.
Xusiylar Qizil dengizda Isroilga aloqador kemalarni nishonga
olmoqda
Xusiylarning Yamendagi etakchisi Abdulmalik al-Xusiy 14 noyabrʻ
kuni televideniedagi chiqishida Qizil dengizdagi Isroil kemalarini nishonga
olishlari mumkinligi bilan tahdid qilgan edi.
19 noyabrʻ kuni esa xusiylarning harbiy voizi Yahyo Seri X
platformasida Isroilning blokadadagi Gʻazo sektoriga uyushtirgan hujumlariga
javoban Isroil bayrogʻi ostidagi har qanday kemani nishonga olishlarini maʻʻlum
qildi.
Keyinroq esa xusiylar Bab al-Mandeb boʻgʻozida Isroilning
Unity Explorer va Number Nine nomli ikkita kemasiga dron va raketa hujumi
uyushtirdi.
Isroilning ZIM logistika kompaniyasi 29 noyabrʻ kuni bergan
bayonotida Ummon dengizi va Qizil dengizdagi xavfsizlik bilan bogʻliq vaziyatga
asoslanib, kemalari Misrdagi Suvaysh kanalidan foydalanmasligini bildirdi.
AQSh Markaziy Qoʻmondonligi (CENTCOM) 4 dekabrʻ kuni X
platformasida Qizil dengiz janubidagi xalqaro hududiy suvlarda 3 ta tijorat
kemasiga 4 marotaba hujum uyushtirilganini maʻʻlum qildi.
Bayonotda Qizil dengiz janubida joylashgan AQSh harbiy-dengiz
kuchlariga qarashli USS Carney esminetsi tijorat kemalarining yordam chaqiruviga
javob bergani, esminets kemalarga yordam berayotib, oʻziga qarab kelayotgan 3 ta
dronni urib tushirgani bildirildi.
CENTCOM bugungi bayonotida xusiylar kecha ertalab Qizil dengiz janubida Marshall orollari bayrogʻi tushirilgan Ardmore Encounter nomli neftʻ tankerini qoʻlga olishga harakat qilganini eʻʻlon qildi.