Xolid Mashal: HAMAS muzokaralar olib bormaydi, yon bosmaydi va Isroilni tan olmaydi
HAMAS tashqi siyosati rahbari Xolid Mashal Harakat siyosiy byurosi raisi Ismoil Haniyaning dafn marosimida ular muzokaralar olib bormasligi, yon bosmasligi va Isroilni tan olmasligini maʻʻlum qildi.
Mashal Qatar poytaxti Dohada Imom Muhammad bin Abdulvahhob masjidida uyushtirilgan dafn marosimida nutq soʻzladi.
Uning soʻzlariga koʻra, Haniya Gʻazo shahridagi Shati qochqinlar lagerida oʻz xalqi orasida yashab, xalqining dardi va quvonchiga sherik boʻlgan. “Aziz birodarimiz, yoʻlboshchimiz, shahid qoʻmondonimiz Abu al-Abd Ismoil Abdussalom Haniya mujohid boʻlib yashab, shahid boʻlib oʻlimga duch keldi”, – dedi Mashal.
Oʻldirilgan Haniyaning Falastin, xalqi va Quddusga haqiqiy mujohid sifatida xizmat qilganini taʻʻkidlagan Mashal: "[Haniya] bosh vazir vazifasini bajardi. U boshidanoq xalqi orasida edi”, – deya qoʻshimcha qildi.
Shahid ketadi, uning oʻrnini boshqalar egallaydi
Mashal “Isroil sodir boʻlgan voqeadan hech qanday saboq olmadi. Ular bir asr davomida bizning rahbarlarimizni oʻldirishdi. Bir shahid ketadi, oʻrnini boshqalar egallaydi. Shunday qilib, xalqimiz ozodlik yoʻlida davom etadi”, — dedi u.
Bu holat faqatgina Falastin xalqining kuchayishiga xizmat qilayotganini iddao qilgan Mashal shunday davom etdi: “Ular bilishlari kerak, biz barchamiz mujohidmiz. Biz kurashni davom ettiramiz".