31.07.2024 15:13
1334

OAV: Isroil uchinchi davlat yordami bilan HAMAS rahbarini oʻldirdi



Livan matbuotining yozishicha, Isroil HAMAS siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyani oʻldirishda uchinchi davlat yordamidan foydalanganini yozmoqda. Maʻʻlumotlarga koʻra, uchinchi davlat hududidan boshqariluvchi snaryad uchirilgan.

Eron ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, HAMAS etakchisi Tehron shimolidagi manziliga kelib tushgan “boshqariladigan snaryad” portlashidan halok boʻlgan.  

Saudiyaning Al Hadath telekanali Ismoil Haniya Eron inqilob gvardiyasining maxsus qoʻriqlanadigan qarorgohlaridan birida boʻlganini taʻʻkidladi.

Eron agentliklarining xabarlariga koʻra, Haniya tunab qolgan binoga hujum mahalliy vaqt bilan soat 02:00 atrofida uyushtirilgan. HAMAS etakchisidan tashqari, uning qoʻriqchilari ham halok boʻlgan.

Mavzuga aloqador