27.11.2024 13:28
XJS bosh prokurori Myanʻma harbiy hukumati etakchisini hibsga olish haqida soʻrov yubordi
Xalqaro jinoyat sudi bosh prokurori Karim Xon Myanʻmadagi harbiy hukumat rahbari general Minni hibsga olishga order berish uchun sudga murojaat qildi.
Xonning XJS sahifasida chop etilgan yozma bayonotida hibsga olish talabi rohinja musulmonlariga nisbatan insoniyatga qarshi jinoyatlar, jumladan, deportatsiya va taʻʻqib jinoyatlari bilan bogʻliq ekani bayon etilgan.
Xonning taʻʻkidlashicha, keng qamrovli tergovdan soʻng 2017 yilning 25 avgustidan 31 dekabriga qadar rohinja musulmonlarini deportatsiya va taʻʻqib qilganlik uchun Min Aung Xlaingni jinoiy javobgar deb hisoblash uchun etarli asoslar bor.
Rohinja musulmonlariga qarshi jinoyatlarning Myanʻmaning Tatmadav armiyasi tomonidan milliy politsiya, chegarachilar va arakanlik boʻlmagan tinch aholi koʻmagida sodir etilganini tilga olgan Xon “Bu Myanʻmada yuqori darajali hukumat vakiliga qarshi birinchi hibsga olish talabidir. Boshqa (qamoqqa olish) soʻrovlari ham boʻladi", - dedi u.
Bosh prokuror dalil sifatida Myanʻmadan Bangladeshga ketishga majbur boʻlgan 1 milliondan ortiq rohinja musulmonlaridan toʻplangan guvohlik koʻrsatmalari, hujjatlar, ilmiy dalillar, fotosuratlar va video materiallar taqdim etilganini taʻʻkidladi.
Bosh prokuror kecha tashrif buyurgan Bangladeshning Koks-Bazar mintaqasidagi Kutupalong qochqinlar lagerida soʻnggi 3 yil ichida rohinja musulmon ayollari bilan koʻp marta uchrashganini maʻʻlum qildi va: “Men oʻz hayotini yashashni istagan yosh faollar bilan uchrashdim. Barcha yoshdagi erkaklar bilan, jumladan, keksalar va kasallar bilan suhbatlashdim. Barchalari ular bilan sodir boʻlgan voqealar uchun javobgarlikni talab qilishdi", - dedi u.
Xon tergovni yakunlashda rohinja musulmonlari jamiyati, Bangladesh hukumati va Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Myanʻma mustaqil tergov mexanizmining yordami juda muhim ekanini taʻʻkidladi.
Myanʻma harbiy hukumati rahbari Min bu lavozimni 2024 yil iyulʻ oyida sogʻligʻi bilan bogʻliq muammolar tufayli taʻʻtilda boʻlgan prezident oʻrinbosari Myint Svedan vaqtincha egalladi.
XJSda Myanʻma tergovi
XJSning Myanʻma/Bangladesh boʻyicha tergovi 2019 yil 14 noyabrda sudning Dastlabki tergov palatasi tomonidan bosh prokurorga berilgan vakolat doirasida boshlangan.
Ayblov etnik va/yoki diniy mansubligi asosida deportatsiya va taʻʻqib qilish bilan bogʻliq insoniyatga qarshi jinoyat deb hisoblanishi mumkin, degan xulosaga keldi.
Myanʻma XJS Rim statutining ishtirokchisi boʻlmasa-da, Bangladesh 2010 yilda ushbu nizomni ratifikatsiya qilgani sababli sud oʻz yurisdiktsiyasidan foydalanishi mumkin, deb qaror qildi. Zero deportatsiya va taʻʻqib qilish jinoyatlarining bir qismi Bangladesh hududida sodir etilgan.
Rohinja musulmonlarini etnik tozalash
2012 yilda Myanʻmaning Arakan shtatida buddistlar va musulmonlar oʻrtasida toʻqnashuvlar kelib chiqdi. Minglab odamlar, asosan musulmonlar oʻldirildi, yuzlab uylar va ish joylari yoqib yuborildi.
2017 yil 25 avgust kuni Arakandagi chegara postlariga bir vaqtning oʻzida uyushtirilgan hujumlarni bahona qilgan Myanʻma armiyasi va buddist millatchilar tomonidan amalga oshirilgan ommaviy zoʻravonliklar sababli 1 milliondan ortiq rohinja musulmonlari qoʻshni davlat Bangladeshdan boshpana topdi.