13.12.2023 10:34

WSJ: Isroil Gʻazodagi tunnellarga suv quyishni boshladi

The Wall Street Journal (WSJ) gazetasining xabariga koʻra, AQSh rasmiylari Isroilning Gʻazodagi "Hamas tunnellari"ga dengiz suvini quyish rejasini amalga oshirishni boshlaganini bildirgan.

Rasmiylar haftalar davom etishi kutilayotgan tunnellarga dengiz suvini quyish jarayoni 7 ta alohida nasos tizimi bilan amalga oshirilishini maʻʻlum qilgan.

Xabarga koʻra, Isroil Mudofaa vazirligi matbuot kotibi ushbu masala boʻyicha izoh berishdan bosh tortgan va tunnellarda olib borilgan amaliyotlar maxfiy ekanini aytgan.

Boshqa tomondan, avvalroq gazeta bilan suhbatlashgan baʻʻzi rasmiylar, dengiz suvi tunnellarga qoʻyilsa, Gʻazodagi chuchuk suv manbalarining ifloslanishi va infratuzilmaning zararlanishini bildirdi.

Baʻʻzi AQSh rasmiylari rejadan xavotirlarini bildirgan boʻlsa, ayrim mutasaddilar AQShning tunnellarning faolsizlantirilishini qoʻllab-quvvatlaganini va bu rejaga qarshi boʻlmasligini bildirgan.

Isroil 800 ga yaqin tunnelni aniqlagani, ammo tunnelʻ tarmogʻi maʻʻlum boʻlganidan ancha katta ekanligini daʻʻvo qildi.

Tunnellarni dengiz suvi bilan toʻldirish rejasiga Hamas qoʻlida saqlanayotgan isroillik mahkumlarning qarindoshlari munosabat bildirishdi.

Gʻazo sektoridan ozod etilgan baʻʻzi isroillik ayollar va mahbuslarning yaqinlari Isroil armiyasining mahbuslar saqlanadigan tunnellarga “suv quyish” rejasiga qarshi bosh vazir Binʻyamin Netanyaxuga norozilik bildirdi.

Walla vaYnet saytlarining 6 dekabrdagi xabarlariga koʻra, yaqinda ozod etilgan, lekin eri hamon Gʻazoda asirlikda saqlanayotgan ayol hukumat bilan uchrashuv chogʻida Isroil rasmiylariga armiyaning Gʻazodagi mahbuslar saqlanayotgan tunnellarga “dengiz suvini quyish” rejasiga noroziligini bildirgan.

Avvalroq Hamas vakili Isroilning bu rejasi ish bermasligi, chunki tunnellar bir-biridan mustaqil ravishda qazilganini bildirgan edi.

Mavzuga aloqador