04.09.2024 12:36

Ukraina: Rossiyaning Poltavadagi hujumi qurbonlari soni 51, yaralanganlar soni 271 nafarga etdi

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya armiyasi tomonidan Ukrainaning Poltava shahriga uyushtirilgan raketa hujumi oqibatida halok boʻlganlar soni 51 nafarga, yaradorlar soni esa 271 nafarga etganini maʻʻlum qildi.

Zelenskiy oʻzining Telegram-kanalida eʻʻlon qilgan videobayonotida Rossiya armiyasining Poltavaga uyushtirgan havo hujumi haqidagi soʻnggi maʻʻlumotlarni etkazdi.

Hujum oqibatida halok boʻlganlar soni 51 nafarga, yaralanganlar soni esa 271 nafarga oshganini bildirgan Zelenskiy, "Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etayotgani, vayronalar tozalanayotgani”ni maʻʻlum qildi.

Zelenskiy Rossiya armiyasi hujumda ikkita ballistik raketa ishlatgani, voqea joyida tergov ishlari olib borilayotganini ham maʻʻlum qildi.

Zelenskiy bayonotida Rossiya Poltavaga raketa hujumi uyushtirgani, hujum natijasida institut qisman vayron boʻlgan va yonidagi kasalxona zarar koʻrganini aytdi.

Shuningdek, Rossiya qoʻshinlarining 2 sentyabrʻ, dushanba kuni kechqurun Zaporojʻega uyushtirgan zarbalari natijasida sakkiz yoshli bolakay va uning 38 yoshli onasi halok boʻldi. 4 sentyabrʻ, chorshanba kuni esa Rossiya raketasi Dnepropetrovsk viloyatining Krivoy Rog shahri markazidagi infratuzilma obʻʻektiga kelib urilgan. Hujum natijasida besh kishi jarohatlangan, ammo ularning ahvoli ogʻir emas.

Mavzuga aloqador