03.09.2024 16:29

Rossiya Poltavaga raketa hujumini uyushtirdi: 41 kishi halok boʻldi, 180 dan ortiq kishi jarohatlandi

Rossiya qoʻshinlari Ukrainaning Poltava shahriga ikkita ballistik raketa bilan hujum qildi. Natijada eng kamida 41 kishi halok boʻldi, 180 dan ortiq kishi jarohatlandi. Raketalar taʻʻlim muassasasi va shifoxona hududiga kelib tushgan.

Rossiya qoʻshinlari 3 sentyabrʻ kuni Poltavaga raketa hujumi uyushtirdi, deya maʻʻlum qildi Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy. Uning soʻzlariga koʻra, 41 kishi halok boʻlgan, 180 dan ortiq kishi jarohatlangan.

Zelenskiyning taʻʻkidlashicha, ikkita ballistik raketa taʻʻlim muassasasi va shifoxona hududiga kelib tushgan. Aloqa instituti binolaridan biri qisman vayron boʻlgan.

Voqeaning barcha holatlari boʻyicha toʻliq va tezkor tergov oʻtkazishni buyurdim. Qutqaruv operatsiyasiga barcha zarur xizmatlar jalb qilingan. Zarbadan soʻng birinchi daqiqalardanoq odamlarning hayotini saqlab qolgan har bir kishiga oʻz minnatdorchiligimni bildiraman”, — dedi Zelenskiy.

Poltava viloyati harbiy boshqarmasi rahbari Filipp Proninning aytishicha, sodir boʻlgan voqea tufayli poltavaliklar qon topshirmoqda.

“Barcha tegishli xizmatlar joyida ishlamoqda. Qutqaruvchilar va shifokorlarning eng muvofiqlashtirilgan harakatlari bugungi kunda bir nechta hayotni saqlab qoldi”, dedi Pronin.

Mavzuga aloqador