23.05.2025 16:43
56
Tramp xorijlik talabalarning Garvardda oʻqishini taqiqladi
AQSh prezidenti Donalьd Tramp maъmuriyati Garvard universitetiga chet ellik talabalarni qabul qilishni taqiqladi.
AQSh Ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem Garvardni “zoʻravonlik va antisemitizmni ragʻbatlantirish” va Xitoy Kommunistik partiyasi bilan hamkorlik qilishda ayblab, oliygoh sertifikatini darhol bekor qilishni buyurgan.
Endi nufuzli Amerika IVY League tarkibiga kiruvchi universitet xorijliklarga AQShga talabalik vizalarini olish uchun zarur hujjatlarni bera olmaydi. Garvardda oʻqigan xalqaro talabalar boshqa universitetga oʻtishlari yoki mamlakatda qolish huquqidan mahrum boʻlishlari kerak.
Garvard universiteti maъmurlari Tramp maъmuriyatining harakatlarini noqonuniy va qasoskor, shuningdek, universitetning akademik va tadqiqot missiyasiga putur etkazish, deb atagan.