03.02.2025 16:05
Tramp Janubiy Afrikaga barcha yordamni toʻxtatishini eʻʻlon qildi
AQSh prezidenti Donalʻd Tramp Janubiy Afrika Respublikasida er-mulklarni musodara qilish va ayrim toifadagi odamlarga nisbatan yomon munosabatlar tufayli ushbu mamlakatga barcha moliyaviy yordamni toʻxtatishini maʻʻlum qildi. U oʻz bayonotida shunday dedi:
"Janubiy Afrika er-mulklarni musodara qilmoqda va ayrim toifadagi odamlarga nisbatan juda yomon munosabatda boʻlmoqda. Hammaning koʻz oʻngida, eng kamida, inson huquqlarining qoʻpol tarzda buzilishi sodir boʻlmoqda. Qoʻshma Shtatlar bunga toqat qilmaydi. Ushbu vaziyat toʻliq tekshirib chiqilmaguncha, men Janubiy Afrikaga kelgusidagi barcha moliyaviy yordamni toʻxtatib qoʻyaman!"
Maʻʻlumot uchun, Janubiy Afrika Respublikasi yaqinda Isroildan barcha diplomatlarini chaqirib olgan va bosh vazir Binʻyamin Netanʻyaxuga qarshi genotsid ishida asosiy rol oʻynagan davlatlardan biri hisoblanadi.